BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING XAVFSIZLIK KENGASHI

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING XAVFSIZLIK KENGASHI — BMTning asosiy doimiy ishlovchi siyosiy organi; BMT Ustavi 24-moddasiga binoan xalkaro tinchlik va xavfeizlikni saklab turish uchun asosiy javobgarlik BMT Xavfsizlik Kengashi zimmasiga yuklatilgan. BMT Xavfsizlik Kengashining faoliyat doirasi BMT Ustavi (V—VII boblar) da anik, koʻrsatilgan va davlatlar oʻrtasidagi nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish sohasida keng vakolatlar berilgan. U xalqaro toʻqnashuvlarni yoxud nizolarni keltirib chiqarishi ehgimol tutilgan har qanday nizo yoki holatni tekshirish vakolatiga, tinchlikka har qanday taxdid va uni har qanday buzish yoki agressiya hollarini aniklash hamda xalqaro tinchlik va xavfeizlikni saklab qolish yoxud tiklash yuzasidan tegishli tadbirlarni belgilash hamda tavsiyalar berish huquqiga egadir. BMTga aʼzo 15 davlat: 5 doimiy va 10 muvaqqat aʼzodan iborat. BMT Ustavi 23moddasiga koʻra, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiya BMT Xavfsizligi Kengashi doimiy aʼzolaridir. Muvaqqat aʼzolar esa Bosh Assambleya tomonidan 2 yillik muddatga saylanadi, uning har bir sessiyasida 5 muvaqqat aʼzo qayta saylanishi shart. Muvaqqat aʼzolar oʻrni kuyidagicha taqsimlanadi: Osiyo va Afrika davlatlaridan —5 aʼzo, Sharqiy Yevropa davlatlaridan — 1 aʼzo, Lotin Amerikasi davlatlaridan—2 aʼzo, Gʻarbiy Yevropa va b. davlatlar (Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya)dan—2 aʼzo. BMT Xavfsizlik Kengashiga aʼzo har bir davlat unda bir vakilga ega boʻladi. BMT Xavfsizlik Kengashi uzluksiz ishlaydi, uning majlislari orasidagi tanaffuslar 2 haftadan oshmasligi shart. Mazkur majlislarda davlatlar vakili ingliz tilidagi rasmiy nomi boʻyicha alifbo tartibida bir oy mobaynida navbatmanavbat raislik qiladi. BMT Xavfsizlik Kengashi majlislari ochiq boʻladi; uzrli sabablarga binoan majlis yopiq deb eʼlon qilingan hollar bundan mustasno.


Lotin alifbosida maqola: BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING XAVFSIZLIK KENGASHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
FRANSIYA
XITOY
YAPONIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты