BOLALAR KASALLIKLARI

BOLALAR KASALLIKLARI — asosan bolalar orasida uchraydigan yoki bolalik davrida oʻziga xos kechadigan kasalliklar guruhi. Bolaning rivojlanish xususiyatlariga koʻra ona qornida oʻsish davri, chaqaloqlik davri, bola tugʻilgandan keyingi (4 hafta), emizikli davri (bir yoshgacha), yasli davri (Z yoshgacha), maktabgacha davri (7 yoshgacha), boshlangʻich maktab yoshidagi (12 yoshgacha) va oʻsmirlik yoki balogʻatga yetish davri (18 yoshgacha) farq qilinadi. Ona qornida oʻsish davri bolaning shakllanishida muhim rol oʻynaydi; homiladorlik davridagi zararli omillar (kasalliklar, intoksikatsiyalar, turmush va ovqatlanish sharoitining kamkoʻstligi, dori-darmonlar taʼsiri) onagagina emas, qornidagi homilaning oʻsishi va rivojlanishiga ham taʼsir etadi. Bu davrda koʻproq tugʻruq vaqtidagi zararlanishlar (asfiksiya, shikastlanishlar, falajlar, stafilokokk infeksiyalar) kuzatiladi. Chaqaloqlar ayrim infeksion kasalliklarga tugʻma chidamli boʻladi, biroq ularga (ayniqsa, chala tugʻilgan bolalarga) yiringlatuvchi mikroblar avvalo, stafilokokklar tez taʼsir qilib, kindik jarohatining yiringli yalligʻlanishiga, chilla yaraga va hatto chaqaloklar sepsisi kabi ogʻir kasallikka sabab boʻladi. Bu davrda zotiljam ham xavfli kasallik hisoblanadi. Emizikli davrida bola ovqatning oʻzgarishiga moslanishi ancha qiyin, uni notoʻgʻri ovqatlantirilganda meʼdaichak buzilishlari (diareya, ichak infeksiyalari va b.), moddalar almashinuvining buzilishi kuzatiladi. Bu davrda nafas va hazm aʼzolarining kasalliklari ogʻir oʻtadi; bolani notoʻgʻri ovqatlantirish, sof havo va quyosh nuridan yetarli bahramand etmaslik natijasida raxit avj oladi, diatez, spazmofiliya botbot uchraydi. Yasli yoshidagi va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oʻz tengqurlari b-n oʻynab yurgan chogʻida koʻkyoʻtal, qizamiq, difteriya, tepki va b. yuqishi mumkin. Bundan tashqari, onasidan oʻtgan immunitetning kuchi yoʻqoladi. Shuning uchun bu davrda bolalar emlanib (vaksinatsiya), immunitet vujudga keltiriladi. Maktab yoshidagi bolalarda yuqumli kasalliklar koʻproq uchraydi. Emizikli bola koʻkyoʻtal va qizamiq b-n ogʻriganda koʻpincha oʻpkasi ham yalligʻlansa, maktab yoshidagi bolalarda bu kasalliklar aksari asoratsiz oʻtadi (oʻpka yalligʻlanmaydi). Boshlangʻich maktab yoshidagi bolalarda angina, yurak va buyrak kasalliklari, shuningdek allergik kasalliklar koʻproq uchraydi. Kattaroq bolalarda va oʻsmirlik (balogʻatga yetish) davrida yuraktomir, nerv va endokrin sistemalar (ichki sekretsiya bezlari) faoliyatida jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi. Sof havodan yetarli bahramand boʻlmaydigan, sport b-n shugʻullanmaydigan, kun tartibiga rioya qilmaydigan oʻquvchilarda bu sistemalar koʻproq kasallanadi. Demak, Bolalar kasalliklarining turli shakllari organizmning chidamliligiga, yuqumli kasalliklarga qarshilik koʻrsatish kuchiga, bolaning yoshiga bogʻliq. Har bir kasallik, u qanday boʻlishidan qatʼi nazar (yuqumli yoki yuqumsiz) jismonan barkamol, sogʻlom bolada yengilroq, ozgʻin, nimjon bolada esa ogʻirroq oʻtadi. Bir xil mikrob qoʻzgʻatgan kasallik bolaning turli yoshida turlicha kechadi. Bolalar kasalliklarining oldini olishda bola organizmining oʻziga xos xususiyatlari koʻzda tutiladi. Emizikli davrda ona suti eng maqbul oziq boʻlib, bolani qoʻshimcha ovqatlantirish zaruriyati boʻlganda faqat vrach (pediatr) b-n maslahatlashib olish kerak. Goʻdaklarni sut oshxonalari orqali ovqatlantirishning toʻgʻri tashkil qilinishi katta ahamiyatga ega. Bolalar kasalliklari qancha barvaqt aniqlanib, vaqtida davolansa, asorati qolmaydi. Buning uchun kattalar va otaonalar Bolalar kasalliklarining oldini olish usullarini va dastlabki belgilarini bilishlari, bolada kasallikka xos biror alomat sezganda darhol vrachga murojaat etishlari zarur.


Lotin alifbosida maqola: BOLALAR KASALLIKLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOLALAR VA OʻSMIRLAR GIGIYENASI
ALISHER NAVOIY
BALOGʻATGA YETISH
Abdulhay Karimov - To’y bola
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты