BEDA BARG FILCHASI

BEDA BARG FILCHASI, fitonomus (Photonomis variadilis Hrbst.) — bedaning xavfli zararkunandalaridan. Uzunburunlar oilasiga mansub mayda koʻngʻizcha bulib, boʻyi 5 — 7 mm, tumshugʻi ingichka va chuziq (shuning uchun filcha deyiladi), asosan kurtchasi bedaning yosh bargini, kurtagini, gʻuncha va gullarini shikastlaydi. Beda barg filchasi tumshugʻi bilan poyani teshib, uning kovaklariga 3 — 30 tadan tuxum qoʻyadi. Bitga filcha 2000 — 2500 tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan qurtcha barg kurtaklari ichiga teshib kiradi, uchinchi marta pust tashlagandan keyin barg sirtaga chiqib, bargni yeydi. Barg ilma-te-shik boʻlib qoladi. Yetuk qurtcha barglar orasida toʻr pilla ichida gʻumbakka aylanadi. Bedapoya, yoʻl va ariq yoqalaridagi oʻsimlik qoldiqlarida hamda tuproqning yuza qatlamida qishlaydi. Qurtlarining rivojlanish davri 15 — 28 kun.

Kurash choralari: bedapoyalarni kuzda va erta koʻklamda boronalash, shu muddatlarda sugʻorish, beda koʻkara boshlaganda rogor, fozalon kabi insektitsidlarni purkash yoki changitish.


Lotin alifbosida maqola: BEDA BARG FILCHASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BORONALASH
FRANSIYA
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты