BASKLAR MAMLAKATI

BASKLAR MAMLAKATI (Baskoniya; baskcha — Euskadi) — Ispaniyaning muxtor tarixiy viloyati. Atlantika okeanining Biskay qoʻltigʻi yonida. Mayd. 7,3 ming km2. Aholisi 2,1 mln. kishi (1992), aksariyati basklar. Maʼmuriy markazi — Viktoriya sh. Biskay, Gipuskoa va Alava provinsiyalarini oʻz ichiga oladi. Mil. av. 1-a. — mil. 5-a. oʻrtalarigacha basklar egallagan hudud. Rimga faqat nomigagina qaram boʻlgan. Pireneya ya. o. da vestgot va arablar hukmronligi davrida ham basklar mustaqil, erkin boʻlib qolgan; Rekonkista tayanchi boʻlgan. 11 — 15-a. larda Basklar mamlakati Navarra va Kastiliya hukmronligi ostida, 15-a. oxiri va 16-a. larda Ispaniya davlati tarkibiga kirgan va 1876-y. gacha maʼlum darajada oʻz muxtoriyatini saqlab qolgan. 1936-y. da muxtor r-n maqomini oldi va Basklar mamlakati deb nomlandi. 1939-y. da Basklar mamlakati muxtoriyati bekor qilindi. 1978-y. gi konstitutsiyaga binoan vaqtincha, 1980-y. yanv. dan yana doimiy muxtoriyatga erishdi.

Tabiati. Basklar mamlakati Kantabriya togʻlarining (mutlaq bal. 1000 — 1500 m) sharqiy qismida. Sohil qismi tepaliklardan iborat. Iqlimi moʻtadil dengiz iqlimi, yillik yogʻin 1200 mm. Daryolari (Urumea, Deva va Nervyon) qisqa va sersuv, Biskay qoʻltigʻiga quyiladi. Togʻ yon bagʻirlarida dub, qora qayin, kashtan oʻsadi.

Xoʻjaligi. Basklar mamlakati Ispaniyaning iqtisodiy jihatdan rivojlangan viloyati. Qoʻrgʻoshin, pyx va temir rudasi, kaolin va marmar kabi foydali qazilmalari mavjud. Qora metallurgiya sanoati rivojlangan. Turli xil mashinasozlik: lokomotivsozlik, kemasozlik, stanoksozlik sanoati korxonalari bor. B. m. — Ispaniyaning elektrotexnika uskunalari ishlab chikaradigan asosiy rni, kimyo (kokskimyo), sement, qogʻoz, baliq konserva sanoatlari ham taraqqiy qilgan. Sanoat korxonalari asosan dengiz boʻyida (ayniqsa Bilbao sh. va uning atrofida, San-Sebastyan, Eyvar sh. larida) joylashgan. Dengiz boʻyi r-nlari goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan, ichki r-nlarida koʻproq dehqonchilik qilinadi. Tokchilik va vinochilik rivojlangan. Dengizdan baliq ovlanadi.


Lotin alifbosida maqola: BASKLAR MAMLAKATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AFGʻONISTON
BUXORO VILOYATI
ANDIJON VILOYATI
ARMANISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты