BAHOUDDIN NAQSHBAND

BAHOUDDIN NAQSHBAND, Muhammad binni Muhammad Bahouddin an-Naqshbandal-Buxoriy (koʻproq Bahouddin yoki Xoja Bahouddin, Balogardon, Xoʻjai Buz-ruk, Shohi Naqshband nomlari bilan mashhur) (1318 — Buxoro viloyati, hoz. Kogon tumani — 1389) — mashhur avliyo, naqshbandiya tariqatining asoschisi. U tugʻilgan qishloq Qasri Hinduvon (keyinchalik Bahouddin Naqshband sharafiga Qasri Orifon) deb atalgan. Uning oilasi va farzandlari toʻgʻrisida aniq maʼlumot yoʻq. Lekin Bahouddin Naqshband Muhammad paygʻambar avlodlariga mansub sayyidzodalardan ekanligi qayd etilgan. Otasi toʻquvchi hamda oʻyma naqsh soluvchi (naqshband) boʻlgan. Bahouddin Naqshband taqdirida bobosining alohida xizmati bor. U sufiylar bilan yaqin aloqada edi. Shu sababli nabirasida ilo-hiyotga katta qiziqish uygʻotdi. Bahouddin Naqshbandning birinchi piri — ustozi Xoja Muham-mad Boboyi Samosiy edi. Keksa shayx yosh Bahouddin Naqshbandni tarbiyalashni oʻrinbosarlaridan boʻlmish Amir Sayyid Kulolga topshirdi. U tariqat bobida bilganlarini oʻrgatib boʻlgandan keyin shogʻirdiga ijozat beradi. Bahouddin Naqshband ilm istab, yas-saviya tariqati shayxlarining mashhur vakillaridan boʻlmish Qusam shayx oldiga, Naxshab, yaʼni hoz. Qarshi sh. ga boradi. Uch oy undan taʼlim oladi. Bahouddin Naqshbandning bu pirga ixlosi baland boʻlgan, ayni chogʻda Qusam shayx ham uni oʻz oʻgʻlidek bilib, muridiga cheksiz hurmati tufayli umrining oxirigacha Buxoroda yashab, shu yerda vafot etadi. Bahouddin Naqshbandning deyarli butun umri Buxoro va uning atrofidagi qishloqparda sufiylik bilan oʻtgan. U ikki marta haj qilgan. Gʻaribona hayot kechirgan, faqat oʻz mehnati — kimxobga naqsh (gul) solish bilan kun koʻrgan. Xizmatkor yoki qul saklashni gunoh deb bilgan. Bahouddin Naqshband xalq orasida «Balogardon» (yaʼni duo 6-n baloqazoni daf qiluvchi) unvoni bilan ham mashhur. Oʻz taʼlimotini yaratishda Yusuf Hamadoniy va Abduholiq Gʻij-duvoniy nazariyalariga asoslangan. Taʼlimotining asosida «Dil-ba yor-u, dast-ba kor» («Koʻngil Xudoda boʻlsin-u, qoʻl ish bilan band boʻlaversin») degan shior yotadi.

Bahouddin Naqshband tasavvufdagi ilgarilari amalda boʻlgan qattiq talablarni bir qadar yumshatdi, moʻtadillashtirdi, kundalik turmushga mosladi. Uningcha, Allohga in-tilish koʻngil bilan amalga oshishi kerak. Qul esa ish — mehnat bilan band boʻlaversin. Bahouddin Naqshbandning tarkidunyochilik qilmay, demakki, bu dunyo ishlaridan ochiq-oshkor qoʻl silkimay turib ham Allohga yetishish mumkinligi haqidagi gʻoyasi musulmon olamida tasavvufning juda keng aholi qatlamlari ichiga kirib bornshini taʼminladi.

Bahouddin Naqshbandning qabri azaldan ziyoratgoh hisoblanadi. Ilgari amirlar taxtga oʻtirishdan oldin, safarga chiqayotganda va qaytayotganda albatta Bahouddin Naqshband daxmasini zi-yorat qilishgan. Abdulazizxon 1544-y. B. N. maqbarasi yonida ulkan bir xonaqoh qurdirgan. Bahouddin Naqshband vafotidan keyin naqshbandiya tariqati keng yoyildi. 15-a. da Xoʻja Ahror Ubaydulloh Valiy bu tariqatning eng yirik raxdimosi sifatida maydonga chiqdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zagʻiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab kabi shoirlar ham naqshbandiya tariqatida edilar. Ular ijodida naqshbandiya gʻoyalari keng va at-roflicha targʻib etildi.

Bahouddin Naqshband haqida, uning taʼlimoti xususida, naqshbandiy shayxlar toʻgʻrisida ta-lay asarlar yaratilgan. Birgina Oʻzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik in-ti qoʻlyozmalar xazinasining oʻzida naqshbandiyaga doir 195 kitob mavjud. Jumladan, Saloh ibn Muborak alBuxoriyning An«isu-t-tolibiyn va uddatu s–solikiyn» («Toliblar oshnasi va soliklar rahnomasi») asari (1383)da Bahouddin Naqshbandning hayot tarzi, kash-fu karomatlari va purhikmat soʻzlaridan namuialar beriladi. Bu asar «Ma-qomati hazrati Xojai naqshband» nomi bilan yuritiladi. Shu muallifning 4 qismdan iborat «Manoqibi Xoja Bahouddin Naqshband» («Xoja Bahouddin Naqshbandning taʼrif va tavsiflari») asari ham bor. Bulardan tashqari B. N. ning suyukli xalifasi Xoja Muhammad Porso yozib qoldirgan bir necha asar orqali valiylikning taʼrifi, Bahouddin Naqshbandning tariqatdagi ilk davrlari, uning suhbatlari va hikmatli soʻzlari bilan tanishish, islom aqidasi, ibodat, shariat va tariqat ahkomlaridan baxramand boʻlish mumkin. Bahouddin Naqshband tavalludining 675-yilligi (1993) munosabati bilan Oʻzbekistonda Bahouddin Naqshband taʼlimotini oʻrganishga ahamiyat kuchaydi. Buxoro davlat unti huzurida «Naqshbandiya» ilmiy markazi ish boshladi. U yerda tasavvufiy-irfoniy merosni tadqiq etish yoʻlga qoʻyildi. Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasida ham «Naqshbandiya» markazi tuzildi Ad.: K6ul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Ali, Bahruddin Balogardon, T., 1993; Idris shoh, Naqshbandiy tariqati, T., 1993; Nasafiy, Hazrat Bahouddin Naqshband, T.. 1993,Sadrildin Salim Buxoriy, Dilda yor, T., 1993; Qayumov A., Bu ogʻang ila boʻlgʻa-sen Naqshband…, T., 1993; Izzat Sul-t o n , Bahouddin Naqshband abadiyati. T., 1994; Sultonmurod Olim, Naqshband va Navoiy, T., 1996.

Sultonmurod Olim.


Lotin alifbosida maqola: BAHOUDDIN NAQSHBAND haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
BUXORO VILOYATI
ALISHER NAVOIY
BERUNIY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты