BIOLOGIK MAHSULDORLIK

BIOLOGIK MAHSULDORLIK — ekosistemalarning oʻz tarkibiga kiradigan tirik organizmlar qayta hosil boʻlishining muayyan izchilligini taʼminlash xususiyati. Maʼlum vaqt davomida hosil qilinadigan mahsulot, yaʼni biomassa B. m. birligi hisoblanadi. Biologik mahsuldorlikning moddiyenergetik asosini birlamchi mahsulot tashkil etadi. Ekosistemalarda ular tarkibiga kiruvchi, har xil usulda oziklanadigan organizmlarning oziq zanjiri hosil qilishi tufayli moddalar aylanishi sodir boʻladi. Birlamchi mahsulot (fitomassa)ni oʻtxoʻr hayvonlar oʻzlashtiradi, ular bilan esa oziq zanjirining keyingi pogʻonasini tashkil etuvchi hayvonlar oziqlanadi. Oʻsimlik qoldiqlari saprofag hayvonlar, saprofag bakteriyalar va zamburuglar (destruktorlar yoki redutsiyentlar) uchun oziq boʻladi. Biologik mahsuldorlik moddalar biotik davriy aylanishining namoyon boʻlishi xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Biologik sistemalarda energiya faqat bir marta ishlatiladi. Bu jihatdan u anorganik muhitdan tirik organizmlar tarkibiga cheksiz koʻp marta oʻtadigan moddalardan farq qiladi. Ana shu sababdan oziq (trofik) zanjir boʻylab energiya okimi kamayib boradi. Trofik zanjirning har bir zvenosida isteʼmol qilingan oziqning bir qismi oʻzlashtirilmasdan qoladi, oʻzlashtirilgan oziqning bir kismi qoʻshimcha mahsulot hosil qilishga, koʻproq qismi esa energiya almashinuviga sarf boʻladi. Har bir keyingi trofik pogʻonada undan oldingisiga nisbatan 5—10-marta kam mahsulot hosil boʻladi. Oziq zanjiri qancha uzun boʻlsa, uning oxirgi Biologik mahsuldorlik ham shuncha kam boʻladi. Ekosistemalarda hosil boʻladigan birlamchi mahsulot asosida ularning mahsuldorligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Quruqlik yuzasining bir yillik mahsuloti quruq modda hisobida 179,5 mlrd. t ga teng, bu taxm. 70Yu16 kkal ga ekvivalent boʻladi. Okeanning birlamchi yillik mahsuldorligi taxm. 25—8010» kkal energiyaga ekvivalent boʻladi. Foydalaniladigan yerlar (agrotsenozlar) Biologik mahsuldorlikni aniqlash, hosildorlikni prognoz qilishda katta ahamiyatga ega. Tabiiy ekosistemalar Biologik mahsuldorlikni oʻrganish tabiiy biologik resurelardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va qayta tiklanishini taʼminlash uchun zarur.


Lotin alifbosida maqola: BIOLOGIK MAHSULDORLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BIOLOGIYA
BAKTERIYALAR
ALISHER NAVOIY
BIOTIK OMILLAR
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты