BIOTEXNOLOGIYA

BIOTEXNOLOGIYA (bio… va yun. techne — mahorat, sanʼat, logos — soʻz, taʼlimot) — q. x., sanoat va tibbiyotning turli sohalarida tirik organizm va biologik jarayonlardan foydalanadigan sanoat usullari majmui. Biol. va texnika imkoniyatlarini birlashtiradigan ilmiy yoʻnalish. «Biotexnologiya» terminining vujudga kelishiga Stenford un-ti (AQSH; 1973) bir guruh olimlarining har xil xossaga ega irsiy molekulalarini biriktirib rekombinant DNK (istalgan organizmdan ajratilgan DNKning ikki yoki undan ortiq qismlarini in vitro sharoitida birikishidan vujudga kelgan hosila) olishi sabab boʻldi. Shundan keyin biol. fani yutukdaridan kelib chiquvchi, yaʼni tirik organizmlar hayot faoliyatida ishtirok etadigan barcha kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlarni oʻrganish natijalari tatbiq etilgan texnologik jarayonlarni ifodalashda «Biotexnologiya» terminidan foydalanila boshlandi. Biotexnologiya mikrobiologiya, biokimyo, bioorganik kimyo, molekulyar biologiya, fiziologiya, genetika, molekulyar genetika, genetik injeneriya va b. yutugʻiga asoslanadi. Biotexnologiyaning mikrobiologik Biotexnologiya, membranalar Biotexnologiyasi, immobillashgan fermentlar B. si, xujayra Biotexnologiyasi, gen va xujayra injeneriyasi Biotexnologiyasi kabi sohalari mavjud.

Mikrobiologik Biotexnologiya mikroorganizmlar hayot faoliyatidagi jarayonlarga asoslangan boʻlib, bu sohada fermentli preparatlar, antibiotiklar, aminokislotalar, gormonlar, oqsil moddalari va xalq xoʻjaligining turli tarmoklari uchun zarur metabolitlar sintez qilinadi. Mac, Oʻzbekiston FA Mikrobiologiya intida mikrobiologik Biotexnologiya asosida oʻsimlik chiqindilari (gʻoʻzapoya, changʻaloq, somon va chiqindilar)dan chorva mollari uchun ozuqa tayyorlashga erishildi; ayrim mamlakatlar (Braziliya)da maxsus mikroblar vositasida sellyulozadan qand yoki spirt olish, mol goʻngidan metan gazi olish Biotexnologiyasi (ayniqsa, Xitoy, Braziliya va Yevropa mamlakatlarida) juda yuqori iqtisodiy samara bermoqda.

Membranalar va immobillashgan fermentlar B. si vositasida xilmaxil jarayonlarni oʻlchash va nazorat qilish uskunalari i. ch. mumkin. Shuningdek, fermentlar imobillashganda (biror bir sathga kimyoviy biriktirilganda) ularning aktivligi ortib, funksional holati bir qadar muddatga uzayadi. Bundan foydalanib biotexnologik jarayonlar (mas, membranalar oʻtkazuvchanligini boshqarish usuli, fermentlarni mobillash va b.) yaratilgan. Bu sohada OʻzMU biol. va kimyo f-ti (B. O. Toshmuhamedov, O. K. Toshmuhamedova, A. I. Gagelgans, M. M. Rahimov va b.)ning hissasi katta.

Xujayra Biotexnologiyasi oʻsimlik, hayvon va odam xujayralarining sunʼiy sharoitda oʻsishi xamda koʻpayishi mikroorganizmlarnikiga oʻxshashligiga asoslangan. Odam va hayvon xujayralarini sunʼiy oʻstirish nodir biologik preparatlar, antitelalar va oqsil gormonlarini sanoat miqyosida i. ch. imkonini berdi. Oʻsimlik, hayvon va odam kasalliklarini aniqlash uchun monoklonal antitelalar (boshlangʻich birgina xujayra avlodlari ishlab chiqaradigan antitelalar) asosida oʻta sezuvchan diagnostik vositalar i. ch. yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi in-ti krshidagi «Radiopreparat» korxonasida va OʻzR Sogʻliqni saklash vazirligining Onkologiya va radiologiya in-tida rak kasalligining ayrim turlarini oddindan aniklaydigan biotexnologik vositalar ishlab chiqarilmoqda. Fiziologik aktiv ikkilamchi birikmalarni sintez qilish faqat oʻsimlik xujayralariga xos xususiyatdir. Bunday moddalarga tibbiyotda va sanoatning turli sohalarida ishlatiladigan alkaloidlar, glikozidlar, jumladan steroidli saponinlar, steroidli gormonal preparatlar olishda ishlatiladigan moddalar, efir yogʻlar, polisaxaridlar, fitogormonlar va h. k. kiradi. Oʻstirilayotgan hujayra, odatda qaysi oʻsimlikdan olingan boʻlsa, shu oʻsimlikka xos ikkilamchi moddalarni sintez qiladi. Ammo xujayralarda sintez kdpinadigan biomassa miqdori oʻsimlik organlaridagiga nisbatan ancha kam boʻladi. Shuning uchun rentabelligi sanoat usulidagi xujayra Biotexnologiyasi uchun tez oʻsadigan, yuqori biosintetik xususiyatga ega, oddiy ozuqali muhitda ham oʻsadigan, osmotik va mexanik taʼsirotlarga chidamli mutant liniyalar kerak.

Hujayra B. sining yana bir xususiyati xujayra totipotentligi, yaʼni sunʼiy oziklantirish va parvarishlash bilan bir xujayradan yetuk oʻsimlik olishdir. Mac, pomidor, tamaki, beda, sabzi va b. oʻsimliklar mana shu xususiyat asosida yetishtirildi; Oʻzbekiston Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi in-tida oʻsimlik hujayralaridan yetuk oʻsimlik yaratish ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda. Hujayralarni sunʼiy oʻstirish va parvarishlash asosida oʻsimliklarni klonal (vegetativ) koʻpaytirish B. si shakllandi (bu 90 oilaga mansub 433 oʻsimlik turi uchun ishlab chiqilgan). Bu usul kartoshka, meva daraxtlari va gullarning virussiz navlarini yaratish, seleksion fondni boyitish va yangi navlar yetishtirish imkoniyatini beradi.

Gen va hujayra injeneriyasi Biotexnologiyasi genetik injeneriya hamda hujayra injeneriyasining sintezidan vujudga keldi. Biotexnologiyaning bu soxasi yordamida mavjudotning maqsadga muvofiq foydali xossaga ega mikrob shtammlari, hujayra xillari, oʻsimlik navlari va hayvon zotlarini yaratish mumkin. Gen va hujayra injeneriyasi Biotexnologiyasi injenerlik usuli bilan tirik mavjudotlarning oʻzgartirilgan irsiyati molekulyar genetikasini mukammal oʻrganish, foydali genlarni izlab topish va kerakli mikdorda ajratib olish, begona genlarni hujayra ichiga kiritib, irsiyatga ulash, ulangan genlarni yangi irsiyatda aktiv faoliyatini taʼminlab beruvchi vektor molekula (tarkibida restriktaza uchun fakat birgina eng qulay kesilish joyiga ega, transformatsiya boʻlgan hujayralarni saralashni osonlashtiruvchi marker gen saqlovchi va maksadga muvofiqyot genni xoʻjayin irsiyatiga ulab, uning mustaqil ishlashini taʼminlovchi molekulyar konstruksiya) yaratish, irsiyati oʻzgartirilgan hujayradan doridarmon, ozuka moddalar, diagnostik vositalar ajratib olish yoki oʻsimlik navlarini yaratish maqsadida irsiyati uzgartirilgan hujayradan mukammal oʻsimlik formasini olish, har xil irsiy belgilarga ega va tabiiy sharoitda changlanmaydigan oʻsimlik hujayralari protoplastlarini elektr impulsi yoki polivinilpirrolidon ishtirokida^iriktirib, har ikkala oʻsimlikning foydali xususiyatlariga ega mukammal oʻsimlik yetishtirish (Germaniyadagi Maks Plank in-ti xodimlari pomidor va kartoshka xujayrasini biriktirib, iddizida kartoshka tuganagi, poyasida pomidor mevasi yetiladigan yangi gibrid oʻstirdi) boʻyicha talaygina muvaffaqiyatlarga erishdi.

Biotexnologiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishida M. A. Aytxojin, A. A. Bayev, R. G. Butenko, G. P. Gorgiyev, Yu. Yu. Gleba., V. G. Debabov, G. K. Skryabin, K. G. Skryabin, J. A. Musayev, B. O. Toshmuhamedov, A. F. Xolmurodov va b. larning hissasi katta.

Ad.: Uotson Dj., Tuz Dj., Kurs D., Reokombinantnыy DNK 1per. s angl. ], M., 1986; Sasson A., Biotexnologiya: sversheniya i nadejdы [per. s angl. ], M., 1987; Biotexnologiya (v 8 kn. ], M., 1987; Osnovы selskoxozyaystvennoy biotexnologii, M., 1990. Abdusattor Abdukarimov, Sotvoldi Jatayev.


Lotin alifbosida maqola: BIOTEXNOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BIOLOGIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BERUNIY
ALISHER NAVOIY
BIOORGANIK KIMYO INSTITUTI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты