BOLALAR ADABIYOTI

BOLALAR ADABIYOTI — bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiyommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy kismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan oʻzbek xalqi Bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiklari, rivoyat, afsona, ertak, makal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga moʻljallab yaratilgan ogʻzaki ijod namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyotini bevosita bolalarga moʻljallab yaratilgan va aslida bolalarga moʻljallanmagan boʻlsada, keyinchalik Bolalar adabiyotiga oʻtib qolgan asarlarga ajratish mumkin.

Bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyati — oʻzgaruvchan hodisa boʻlib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit b-n bevosita bogʻliq. Kitobxon yoshini hisobga olish Bolalar adabiyotining eng asosiy xususiyatlaridandir. Maye, maktabgacha yoshdagi bolalarda bu koʻrgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy koʻrinishdagi ziddiyatlariga asoslangan boʻlsa, oʻsmirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi.

Bolalar adabiyotining yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan Bolalar adabiyotida syujetga boʻlgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda ye. chilishini talab qiladi.

Sharq yozma adabiyotida «pandnoma», «mavʼizatnoma», «nasihatnoma», «axloq kitoblari» singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyotining dastlabki namunalari hisoblanadi. Maye, Kaykovusning «Mavʼizatnomai Kaykovus» («Qobusnoma»), Shayx Savdiyning «Guliston» va «Boʻston», Jomiyning B«ahoriston» asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida oʻzbek Bolalar adabiyotiga kirib kelgan. Alisher Navoiyning «Hayrat ulabror», «Mantщ uttayr» va «Mahbub ulqulub» asarlari, Xojaning «Miftoh uladl» va «Gulzor», Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarlari esa oʻzbek Bolalar adabiyotining mumtoz namunalari boʻlib, pandnasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.

Bolalar adabiyotining shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan maʼrifatparvarlik va maktabmaorif tizimi islohotlari b-n chambarchas bogʻliq. Oʻzbek Bolalar adabiyotining barqarorlashuvi ham 19-a. 2 yarmi — 20-a. boshlaridagi maʼrifatparvarlik harakatiga borib taqaladi. Saidrasul Aziziy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza va b. oʻnlab maʼrifatparvarlarning «yangi usul» («usuli jadidiya»)dagi oʻzbek maktablari talabalari uchun yaratgan ellikka yaqin alifbo va oʻqish kitoblari uzbek Bolalar adabiyotining tom maʼnodagi yorqin namunalari hisoblanadi. Bolalar adabiyotiga bolalar uchun maxsus yaratilgan asarlar sifatida qarash, uning oʻziga xos tamoyillarini belgilash 20-a. boshlariga xosdir.

Uzbek Bolalar adabiyoti jahon Bolalar adabiyotining ilgor anʼanalari taʼsirida rivojlandi. Jahon Bolalar adabiyotining nodir namunalari uzbek tiliga tarjima qilindi, «Gulliverning sayohatlari» (J. Svift), «Robinzon Kruzo» (D. Defo), «Tom togʻaning kulbasi» (BicherStou), «Soʻna» (E. Voynich) kabi jahon adabiyotining nodir asarlari oʻzbek bolalarning ham mulki boʻlib qoldi.

Sharq adabiyoti eng yaxshi namunalarini arab, fors tilidan tarjima qilish Bolalar adabiyoti tarjimachiligidagi bir yoʻnalish boʻlsa, Gʻarb adabiyoti, xususan rus adabiyoti namunalarini oʻzbekchalashtirish ikkinchi yoʻnalishni tashkil etdi. I. A. Krilov masallari, A. S. Pushkinning «Baliqchi va baliq haqida ertak» asari, K. D. Ushinskiy hamda L. N. Tolstoyning bir qancha hikoya, ertaklari va b. ayni shu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va oʻqish kitoblariga kiritildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik Bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uchun yozuvchi adiblar guruhi shakllandi. 20-a. ning 20—30-y. larida Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Gʻayratiy, Shokir Sulaymon, Ilyos Muslim, Gulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar Diyor, Sulton Joʻra, Kudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sadulla, Hakim Nazir, Poʻlat Moʻmin va b. ijodkorlarning asarlari uzbek Bolalar adabiyotining rivojlanishida, maxsus adabiyot sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Uzbek Bolalar adabiyotida ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid Olimjonning Oygul va Baxtiyor, «Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod», Mirtemirning «Ajdar», Shukur Saʼdullaning «Uch ayiq», «Ayyor chumchuq», Zafar Diyorning «Yangi ertak», «Toshxon bilan Moshxon», «Tulkining hiylasi», Sulton Joʻraning «Zangor gilam» va «Qaldirgʻoch» singari adabiy ertaklari xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari asosida yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar sirasiga kiradi. 30-y. larda uzbek bolalar sheʼriyati yuksalib, uning mavzu doirasi kengaydi.

40—60-y. larda uzbek Bolalar adabiyoti yanada rivojlandi, bolalar yozuvchilarining safi Nosir Fozilov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Tolib Yoʻldosh, Farhod Musajonov, Latif Mahmudov va b. qalamkashlar hisobiga kengaydi. Uygʻun, Mirtemir, Asqad Muxtor, Sayd Ahmad, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Mirkarim Osim singari kattalar adabiyoti vakillari ham bolalarga atab asarlar yaratdilar.

Quddus Muhammadiyning besh kitobdan iborat «Tabiat alifbosi» yosh kitobxonlarni ona tabiatga, hayvonot va oʻsimliklar dunyosiga mehrmuhabbat ruhida tarbiyalovchi, quvnoq kulgi bilan yoʻgʻrilgan, mavzular rangbarangligi va tasvirning mukammalligi bilan eʼtiborga sazovor.

50—60-y. larda Gʻafur Gʻulomning «Shum bola», Oybekning «Bolalik», Abdulla Qahhorning Oʻ«tmishdan ertaklar», Nazir Safarovning «Koʻrgankechirganlarim» qissalari nasriy Bolalar adabiyoti rivojiga munosib ulush boʻlib qoʻshildi. Xudoyberdi Toʻxtaboyevning S«yehrli qalpoqcha», «Sariqdevni minib», «Sariq devning oʻlimi» asarlari ham sara asarlar qatoridan oʻrin oldi. Bular koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilindi. Hakim Nazirning «Sunmas chaqmoqlar», «Yonar daryo», «Kichkintoy» qissalari, «Lochin qanotlari» romani davrning dolzarb muammolarini qamrab olishi, badiiy tasvirning oʻziga xosligi bilan eʼtibor qozondi.

80-y. lar Bolalar adabiyotida Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Rauf Tolipov, Qambar Utayev, Hamza Imonberdiyev va b. ijodkorlarning asarlari yosh avlodni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan eʼtiborga sazovor boʻldi.

Bolalar adabiyotida badiiylik bilan bir qatorda maʼrifiylik ham yetakchi oʻrin tutadi. Chunki Bolalar adabiyoti namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Barcha davrlar Bolalar adabiyotining taraqqiyot tamoyillari, avvalo, maʼrifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq Bolalar adabiyoti rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat unsurlarini egallashga intilishi va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari bilan hamkorligi ham koʻzga tashlanadi. Jumladan, 20 a. boshlarida uzbek Bolalar adabiyotida koʻproq maʼrifatparvarlik gʻoyalari yetakchilik qilsa, 30-y. lar Bolalar adabiyotida realistik adabiyot tamoyillari ustuvor, 5060y. lar Bolalar adabiyotida sarguzasht fantastik adabiyot elementlari kuchaydi. 80-y. lar Bolalar adabiyotida psixologizmning kuchayishi, yosh qahramon talqinida uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib kelayotgan, oʻz qarashlariga ega boʻlgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi mavjud.

Uzbek Bolalar adabiyoti taraqqiyotida 90-y. dar yangilanish davri boʻldi. Istiqlol sharofati bilan milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarning tiklanishi Bolalar adabiyoti namoyandalari ijodiga ham sezilarli taʼsir qildi, ularning asarlarida haqiqiy uzbek qiyofasi tasviri yetakchi oʻrin egallay boshladi.

Bolalar adabiyotining oʻziga xosliklari uning qahramoni tasvirida yanada yorqinroq namoyon boʻladi. Mac, 20-a. boshlari Bolalar adabiyoti namunalari koʻproq ijodkorning faolligi, qahramon tasviri emas, targʻibiytashviqiy ruh ustuvorligi b-n ajralib tursa, 30-y. lar Bolalar adabiyotida koʻproq xalq ogʻzaki ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda ham hali faol qahramon obrazi deyarli yoʻq edi. 50—60-y. lar Bolalar adabiyoti namunalari bevosita yosh qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi oʻrin tutish b-n chinakam Bolalar adabiyotiga aylandi. 70—80y. lar Bolalar adabiyoti namunalaridan esa tobora hayotga oʻz nuqtayi nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik taʼriflardan koʻra tanqidiy nigohi oʻtkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana boshladi, shu davrda uzbek Bolalar adabiyotiga ilk bora bolalarning oʻziga xos, endigina uygʻonib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi. 90-y. lar adabiyotida bu borada yangi qadam tashlandi, oʻzbek bolasi oʻzbekning farzandi ekanligidan faxrlanish, ulugʻ ajdodlarga munosib boʻlish ruhidagi, tom maʼnodagi vatanparvarlik gʻoyasi ustuvor asarlarni oʻqish baxtiga musharraf boʻldi.

Ad.: Suyumov A., Kichkintoylar adabiyoti, T., 1962; Jahongirov F., Oʻzbek bolalar folklori, T., 1975; Bolalar adabiyoti va zamonaviylik, T., 1981,Safarov O., Oʻzbek bolalar poetik folklori, T., 1985; Uzbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon, T., 1989; Barakayev R., Jonajonim, sheʼriyat, T., 1997.

Rahmatilla Barakayev, Kavsar Turdiyeva.


Lotin alifbosida maqola: BOLALAR ADABIYOTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
ABDULLA QODIRIY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ADABIYOTSHUNOSLIK
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты