BARIY OKSID

BARIY OKSID, VaO — bariyning kislorod bilan birikmasi, kubik panjarali rangsiz kristall modda. Zichligi 5700 kg/m3. 23° da va yuqori bosimda tetragonal modifikatsiyaga aylanadi. Suyuqlanish t-rasi 2017°; qizdirilganda uchish xususiyati bor. Sut kislota va karbonat angidrid bilan oson reaksiyaga kirishadi. Bariy karbonatni 700 — 900° da yoki bariy peroksidni 500 — 600° da termik parchalash yoʻli bilan olinadi. Bariy oksid 500° atrofida kislorodli muhitda qizdirilganda bariy peroksid (VaO2)ga aylanadi. 500° dan yuqori t-rada esa parchalanib kislorod ajratib chiqaradi, sulfat kislota taʼsirida vodorod peroksid (N2O2) hosil qiladi. Bariy peroksid — sof kislorod manbai, pirotexnik tarkiblar komponenti, gazmol va qogʻozni oqartiruvchi modda sifatida ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: BARIY OKSID haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BARIY
Tushda uchsa nimani bildirishi haqida.
AVIATSIYA
BARIY NITRAT
AZOT OKSIDLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты