BESHTORSOY

BESHTORSOY (yuqori oqimida Joʻyaktorsoy) — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy. Piskom daryosi havzasiga mansub. Oygaingiint eng yirik chap irmogʻi. Piskom tizmasining gʻarbiy yon bagʻridan 3500 m balandlikdagi muzliklardan boshlanadi. 20 ga yaqin irmogʻi bor. B. ning uz. 21 km, havzasining mayd. 172 km2. B. havzasida, 3000—4200 m balandliklar oraligʻida umumiy mayd. 6,2 km2 boʻlgan 12 ta muzlik bor. Eng yirigi—Qiziltor4 (uz. 2,4 km, mayd. 1,6 km2). Beshtorsoyning oʻrtacha yillik suv sarfi 5 m3/sek. Yillik oqimning oʻrtacha 15% muzliklar erishi hisobiga, qolgan qismi esa qor, yomgʻir suvlariga toʻgʻri keladi. Beshtorsoy yozda sersuv.


Lotin alifbosida maqola: BESHTORSOY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
AMUDARYO
TOSHKENT VILOYATI
ROSSIYA
SIRDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты