BEZGAK

BEZGAK (ital. malaria, mala aria — badboʻy havo) — bezgak plazmodiylari qoʻzgʻatadigan invazion kasallik; isitma tutishi, qonda jiddiy oʻzgarishlar sodir bulishi, kamqonlik, jigar va taloqning kattalashuvi bilan kechadi. Bezgak plaz-modiysi toʻrt xil, shunga koʻra B. ning uch kunlik, toʻrt kunlik, tropik va Afrika xillari bor. B. plazmodiysi Bezgak chivini va odam organizmida koʻpayib, rivojlanadi. Kasallik manbai bemor va Bezgak chivini (asosan urgʻochisi) hisoblanadi. Bezgak plazmodiysi Bezgak bilan ogʻrigan bemor organizmida jinssiz (shizogoniya), kasallikni tashib yuruvchi — anofeles chivini tanasida esa jinsiy yoʻl bilan rivojlanadi. Kasallik sogʻlom odamga chivin chaqqanda, odam organizmiga uning soʻlagi orqali qoʻzgʻatuvchilar tushganda yuqadi. Qon oqimi bilan ular jigarga tushadi, bu yerda rivojlanishning birinchi (toʻqima) sikli roʻy beradi, soʻngra yana qonga tushadi va erit-rotsitlar ichiga kirib oladi, bu yerda ikkinchi (eritrotsitar) rivojlanish sikli oʻtib, eritrotsitlarning parchalanishi va qonga koʻp miqsorda qoʻzgʻatuvchilar chiqishi b-n tugallanadi, bu odamni isitma tutishi bilan oʻtadi. Qoʻzgʻatuvchi odam organizmida 10—14 kungacha (baʼzan, bir yilgacha va bundan koʻproq) boʻlib, kasallik belgilarini qoʻzgʻatmasligi mumkin (inkubatsion yoki yashirin davr). Kasallik toʻsatdan boshlanadi: bemorni isitma tutib, junjiydi, qalti-raydi (u baʼzan shu qadar qatgiq qalti-raydiki, hetto ustiga issiq koʻrpa yopilganda ham sovuq qotadi), keyin kdlti-rash bosilib, harorat koʻtariladi (41 — 41,5°), bemor boʻriqib, qizarib ketadi, nafas olishga qiynalib, halloslaydi, boshi qattiq ogʻriydi. Isitma bir necha soat tutadi. Soʻngra harorati tez pasa-yib, baʼzan bir maromga tushadi; shu payt bemor qattiq terlaydi, ertasiga oʻzini sogʻlom gʻis qiladi. Keyin yana isitma tutadi; uch kunlik Bezgakda — ikki kunda bir marta, toʻrt kunlik Bezgakda — har uch kunda bir marta, tropik Bezgakda — koʻpincha kun sayin isitma tutib turadi. Isitma tutayotgan bemorning qoni tekshirilganda, Bezgak plazmodiylarini topish mumkin. Bezgak tutavergach, plazmodiylar qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ni parchalashi sa-babli bemor kamqon boʻlib qoladi, ta-logʻi va jigari kattalashadi, oq qon ta-nachalari (leykotsitlar) ancha kamayadi. Bezgak davolanmay qolib, kasallik uzoq davom etganda tinkani quritib, mehnat qobiliyatini susaytiradi, bolalar oʻsish va ri-yujlanishdan orqada qoladi. Bemor oʻz vaqtida davolanmasa yoki chaladavolansa, Bezgakka boshqa kasalliklar qoʻshiladi. Bezgakning ogʻir shakli bilan ogʻriganlarda, shuningdek bo-lalarda koma holati, baʼzan oʻlim yuz berishi mumkin. Bemor barvaqt toʻgʻri davolangavda sogʻligʻiga pugur yetmaydi, undan atrofdagi kishilarga Bezgak chivinlari orqali kasallik yuqish ehtimoli yoʻqoladi. Isitmaning xurujiga, taloqning katta-lashganiga, chap biqin sohasida ogʻriq turishi va badan zaʼfaron tus olishiga qarab, bemorda Bezgak bor deb taxmin qilish mumkin. Ammo Bezgakni aniq bilish uchun bemordan qon olib, mikroskopda tekshirish shart. Bemorni vrach davolaydi. Unga tinch sharoit va yaxshi parvarish zarur. Kasallikning oldini olishda asosiy eʼti-bor bemorlarni erta aniqlash va davolashga qaratilgan boʻlishi kerak.

Bezgak chivini koʻp uchraydigan joylarda himoya kiyim-boshi va chivinni keltirmaydigan dori vositalaridan foydalanish lozim.

Shonosir Shovahobov.


Lotin alifbosida maqola: BEZGAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Tushda jinsiy aloqa korsa nima buladi
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AMIR TEMUR
AFRIKA
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты