BOSHQARISH (iktisodiyotda) — xoʻjalik obyektining iqtisodiy tizimi holatini tartibga solish va yoʻnaltirish jarayoni; subyektlar, idoralar tomonidan kishilar va iqtisodiy obyektlarga ongli maqsadga muvofiq taʼsir koʻrsatishni bildiradi, ularning faoliyatini yoʻnaltirish va koʻzlangan natijalarga erishish maqsadlarida amalga oshiriladi. Boshqarish usullari boshqariladigan obyektning oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq, lekin hamisha boshqaruv qarori tatbiq etiladigan davrni ajratib olishni nazarda tutadi. Boshqarish xoʻjalik faoliyati davrlari uchun ishlab chiqiladigan rejalarga muvofiq holda olib boriladi. Boshqarishning iqtisodiy, maʼmuriy va ijtimoiyruxiy usullari mavjud. Boshqarishning iqtisodiy usulidakutilganmaqsadlarga erishish uchun iqtisodiy vositalardan foydalaniladi. Bu vositalar (rejalashtirish, texnikiqtisodiy taxlil, foyda, rentabellik, narx, kredit, moddiy ragʻbatlantirish, soliq va b. dastaklar)dan toʻgʻri foydalanish muhim oʻrin tutadi, i. ch. jamoasini tashkil etadigan kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi taʼminlanadi (mas, ishchilarga qoʻshimcha ish haqi toʻlash, mukofotlar berish, bir yoʻla katta pul bilan takdirlash va b. ragʻbatlantirish choralari). Boshqarishning maʼmuriy usuli buyruq va farmoyishlar asosida olib boriladi. Maʼmuriyat oʻz xoʻjaligi doirasida boʻlimlar, guruhlarni, shuningdek xodimlarni tabaqalashtirib, ularning vazifalari, masʼuliyati va huquqini belgilaydi. Unda rejalashtirish, resurslarni, foydani, tayyor mahsulotni taqsimlash, mablagʻlardan foydalanish markazlashtirilgan tartibda olib boriladi. Ijtimoiyruhiy usuldagi Boshqarish ijtimoiymaʼnaviy vaziyatga taʼsir etish orqali kishilarning feʼlatvori, ruhiyatini hisobga olib, ularning ijtimoiy talabini qondirish yordamida olib boriladi.
Boshqarish tarkibiy jihatdan korxona, firma, kompaniya, birlashma va b. miqyosida, hududiy jihatdan esa tuman, shahar, viloyat, davlat miqyosida boʻladi. Boshqarish ishini davlatning boshqaruv organlari yoki boshqaruvchshshr (menejerlar) amalga oshiradi. Boshqarish jarayonida vaziyatni Boshqarish, yaʼni oʻzgargan iqgisodiy vaziyatga tezkorlik bilan chora topish muhim oʻrin tutadi. Vaziyatni Boshqarishning vazifasi xoʻjalik obyektini uning uzoq muddatli maqsadlarini amalga oshirishga yunaltirishdan iborat. Boshqarishda mahsulot sifati, xarajatlar, mulk, xatar, bozor, talab, taklif va b. masalalar boʻyicha juda muhim qarorlar qabul qilish talab etiladi va ularning kutilgan natijalarga olib kelishi Boshqarishning toʻgʻri yoki samaradorliligini tasdiqlaydi (q Menejment).
Sadir Salimov.