BURJ

BURJ — Quyoshning yillik koʻrinma harakati doirasidagi oʻn ikki yulduz turkumining nomlari. Bu soʻz zodiak yulduzi turkumlari Dayav, Hut. Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jadylarga nisbatan qoʻllaniladi (jadvallarga q.). Ular Quyoshning yillik koʻrinma harakat yoʻli (ekliptika) boʻylab joylashgan. Har birida Quyosh taxm. bir oycha boʻladi. Burj yulduz turkumlaridan Quyosh sistemasining deyarli barcha sayyoralari, kometalari va Oyning ham koʻrinma harakat yoʻllari oʻtadi. Yunonistonda Burj turkumlarini alohida ajratib, ularni maxsus belgilar bilan ifodalashgan. Shunga koʻra, osmon gumbazida bahorgi (Hamal) va kuzgi (Mezon) tengkunlik, yozgi (Saraton) va qishki (Jady) Quyosh turish nuqtalari ham oʻsha belgilar b-n belgilanadi. Pretsessiya hodisasi sababli oʻtgan 2 ming yil ichida bu nuqtalar surilib, qoʻshni yulduz turkumlariga oʻtib ketgan boʻlishiga qaramay, shu belgilar, shuningdek Saraton va Javzo tropiklari deb ataluvchi nomlar ham saqlanib qolgan.

Turkiy xalqlarda oylarning nomi ham Burj nomidan olingan. Bahor fasli — burji obiy (hamal—22-martdan, savr—21 apr. dan, javzo — 21-maydan), yoz fasli — burji noriy (saraton — 22-iyundan, asad—23-iyuldan, sunbula —23 avg. dan), kuz fasli — burji bodiy (mezon—24 sent. dan, aqrab—23 okt. dan, qavs—23 noyab. dan), qish fasli — burji hokiy (jady—22 dek. dan, dalv — 20 yanv. dan, hut—19 fev. dan) deb atalgan. 12 yillik muchal yillari boshi hamalayan hisoblanadi (q. Zodiak).


Lotin alifbosida maqola: BURJ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
ASTRONOMIYA
ALISHER NAVOIY
AMIR TEMUR
AFGʻONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты