BUFER SISTEMALAR

BUFER SISTEMALAR, bufer eritmalar, bufer aralashmalar — vodorod N() ionlarining maʼlum konsentratsiyasini saklab turuvchi sistemalar. Bufer eritmalar suyultirilganda yoki ularga bir oz kislota yoki ishqor qoʻshilganda ham muayyan kislotali xossalari deyarli oʻzgarmaydi. Bufer sistemalarga sirka kislotasi SN,SOON bilan uning natriyli tuzi CH,COONa aralashmasi misol boʻla oladi. Eritmalardagi kislota mikdori vodorod koʻrsatkich rN bilan belgilanadi (neytral eritmalar uchun rN7, kislotali eritmalar uchun rN 7 dan kichik va ishkrrli eritmalar uchun rN 7 dan katta). 1 l toza suvga 100 ml 0,01 molyarli NS1 (0,01 M) qoʻshilganda rN ni 7 dan 2 ga tushiradi. Shu kislota eritmasini 1 l CH3COOH+CH,COONa boʻlgan Bufer sistemalarga (0,1 M) qoʻshilganda esa rN boryoʻgʻi, 4,70 dan 4,65 ga kamayadi, yaʼni rN 0,05 chamasi oʻzgaradi, xolos. Toza suvdagi 100 ml 0,01 M NaOH eritmasi rN ni 7 dan 11 ga koʻtarsa, yuqorida aytilgan Bufer sistemalar nikini esa 4,7 dan 4,8 gacha koʻtaradi, xolos. Bufer sistemalarning kislotaligi (oʻz navbatida rN) komponentlar tabiati, konsentratsiyasi va baʼzi bir Bufer sistemalar uchun traga ham bogʻlikdir. Bufer sistemalar kimyo sanoatida analitik ishlarda keng qoʻllaniladi. Odam va hayvonlar organizmidagi Bufer sistemalar quyidagilardan iborat: karbon kislota va uning tuzlari, fosfat kislota va uning tuzlari hamda oqsillar. Kishi qonidagi rN 7,35—7,47 ga teng boʻlib, oziq-ovqat hamda boshqa sharoit oʻzgarganda ham deyarli doimiy qoladi. Tuproqdagi tabiiy Bufer sistemalar dalalar hosildorligini saqlashda muhim rol oʻynaydi.


Lotin alifbosida maqola: BUFER SISTEMALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
ATMOSFERA
BERUNIY
AMIR TEMUR
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты