BUZURGMEHR

BUZURGMEHR (??) davlat arbobi, ijodkor. Xusrav I Anushirvon davrida (531—579) vazirlik qilgan. Otasi Baraka sosoniy hukmdorlarning nadimlaridan edi. Buzurgmehr hind shohi Devasar Anushirvonga yuborgan shatranj oʻyinining mohiyatini ochib beradi, oʻzi «nard» oʻyinini kashf etadi. Uning homiyligida sanʼat, adabiyot rivoj topadi, Eron bilan Hindiston oʻrtasida elchilik aloqalari oʻrnatiladi, «Kalila va Dimna» shu vaqtda Eronga keltiriladi. Anushirvon vafotidan soʻng fitna tufayli valiahd Xurmuzd Buzurgmehrni qatl ettiradi. Buzurgmehr «Ganji shohiy» («Shoh xazinasi») nomli pandnoma yaratgan. Sosoniylar davriga mansub «Shatranjnoma» kitobida Buzurgmehr obrazi berilgan. Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning «Xamsa» asarida, qad. hikoyatlar majmui — «Jome ulhikoyot» va b. asarlarda Buzurgmehr zukko davlat arbobi, maʼnaviyat, ilmfan homiysi sifatida tilga olinadi. U Sharq xalqlari hikoyatida anʼanaviy obrazga aylangan.


Lotin alifbosida maqola: BUZURGMEHR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
HINDISTON
ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты