BUTUNITTIFOQ LENINCHI KOMMUNISTIK YoSHLAR SOYUZI

BUTUNITTIFOQ LENINCHI KOMMUNISTIK YoSHLAR SOYUZI (VLKSM) — sobiq Ittifokda yoshlarning ijtimoiysiyosiy tashkiloti. 1918-y. 29 okt. da RSDRP (b) tashabbusi va rahbarligida I Butun Rossiya ishchi va dehqon yoshlarining uyushmalari syezdida tuzilgan. Dastlab RKSM, 1924-y. dan RLKSM, 1926-y. dan VLKSM deb atalgan. 14—28 yoshdagi yigitqizlar qabul qilingan. Tashkiliy jihatdan sobiq KPSSdan andoza olib tuzilgan. Yoshlar orasida komfirqa siyosatini olib borgan. Oʻzbekistonda tuzilgan yoshlar tashkiloti (OʻzLKSM) ham uning tarkibiy qismi edi. VLKSM oʻzining 22favqulodda syezdida (1991-y. sent.) kommunistik yoshlar uyushmalarining federatsiyasi sifatida siyosiy rolini oʻtab boʻldi, deb hisoblandi.


Lotin alifbosida maqola: BUTUNITTIFOQ LENINCHI KOMMUNISTIK YoSHLAR SOYUZI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BUYUK BRITANIYA
AMIR TEMUR
AFGʻONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты