BUXORIY YODGORLIK MAJMUI

BUXORIY YODGORLIK MAJMUI, Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik, ziyoratgoh. Imom al-Buxoriy dafn etilgan Chelak tumani Xartang qishlogʻidagi qabriston musulmon axlining eng tabarruk va aziz ziyoratgoxlaridan boʻlib kelgan. 16-a. da Imom al-Buxoriy kabri ustiga moʻjazgina makbara, yoniga masjid qurilib, hovlisiga bir necha tup chinor ekilgan. Lekin shoʻro tuzumi davridagi dahriylik siyosati tufayli bu maskan karovsiz ahvolga tushib qolgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Imom al-Buxoriy kabi butun umrini iymon va eʼtiqod, ilmmaʼrifat, diyonat yoʻlida baxshida etgan ulugʻ zotlar xotiralarini eʼzozlash. ular nomlari b-n boglik joylarni obodonlashtirishga alohida eʼtibor berila boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 29 apr. dagi «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriyqamariy taqvim boʻyicha 1225-yilligini nishonlash toʻgʻrisida»gi qarori asosida allomaning maqbarasi oʻrnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. Bu yodgorlik majmui Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon, Namangan, Qoʻqon, Shahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998-y. da qurildi.

Majmua avvalambor ziyoratgoh, muqaddas qadamjo, soʻng kundalik, juma, hayit namozlari oʻqiladigan joy vazifasini oʻtaydi. Bu yerda hadis ilminm oʻrganish va b. maʼrifii ishlarni amalga oshirish ham koʻzlangan. Gʻ. lgorlik majmuining bosh rejasini tuzishda anʼanaviy milliy meʼmoriy yechimlar (peshtoq, ravoq, gumbaz, ayvon va b.) asosida barpo etilgan binolar (maqbara, masjid, maʼmuriy va b. inshootlar) ning hovli atrofida shakllanishi koʻzda tutilgan. Majmua oldidagi maʼmuriy binoning (oʻlchami 106,0×12,0 m) bosh tarzi jan. ga qaragan. Yodgorlikka uchta peshtokli, oʻymakor eshikli darvozaxonalar orqali kiriladi. Asosiy darvozaxonaning oldi va hovli tomonidan anʼanaviy uslubda mahobatli peshtoq ishlangan (oʻlchami 12,0×14,6 m). Miyonsaroy diametri 10,5 m li moviy gumbaz bilan yopilgan. Old peshtoqning ikki tarafida mohirlik bilan ishlangan koshinlar orasiga arab va lotin alifbolarida yodgorlikning qurilishi haqida maʼlumot beradigan lavha oʻrnatilgan. Ikki kanotdagi nisbatan kichik peshtoqli darvozaxonalar (gumbazining diametri 6,0 m) binoning mutanosib ravishda yaxlitligini saklagan holda unga oʻziga xos salobat baxsh etadi. Katta darvozaxonaning oʻng tarafida maʼmuriy va b. yordamchi xonalar joylashgan. Bosh yoʻlning oʻng tarafida favvora qurilgan. Undan chapda, masjid tarafda qad. chinorlar va hovuz saqlanib qolgan. Hovli sahnidagi yoʻlaklar chorsi shaklidagi ohaktosh gʻishtlar bilan qoplangan.

Majmua mujassamotining markaz oʻqi Imom al-Buxoriy maqbarasida oʻz yakunini topgan. Maqbara murabba shaklida qurilgan boʻlib, oʻlchami 9,0×9,0 m, balandligi 17,0 m. Maqbara devori zangori, havo rang va oq sirli kesma koshinlar, marmar, oniks va granit toshlar bilan qoplangan. Koshinlar girih shaklida terilib, orasida bezakka uygʻunlashtirib arabcha xatda hadislar bitilgan. Sathni bezashda birbiriga oʻxshash shakllardan mohirlik b-n foydalanilgan. Ichki bezagida ganchkorlik, boʻyama naqsh va turli rangdagi koshinkori naqshlar koʻshilib, uygʻunlashib ketgan. Tashqi gumbaz Amir Temur maqbarasi gumbaziga oʻxshash — qobirgʻalidir. Gumbazning ichi doyra shaklida boʻlib, rangbarang serjilo naqshlar bilan bezatilgan. Maqbara markazida oqishkoʻk shaffof oniks toshdan ishlangan sagʻana oʻrnatilgan. Maqbaraning oʻng tomonidagi eshikdan zina orqali maqbaraning ostki qavatiga — daxmaga tushiladi. Yuqori qavatdagi sagʻananing aynan ostida Imom al-Buxoriy jasadlari qoʻyilgan qabr marmartosh bilan qoplangan.

Hovlining chap tomonida masjid joylashgan. Masjid — xonaqrhning umumiy mayd. 786 kv. m. Peshayvonining umumiy mayd. 214 kv. m. Xonaqohva peshayvonda 1500 ga yaqin kishi namoz oʻqishi mumkin. Hovlining oʻng qanotida ham peshtoqli va miyonsaroyli bino bor. Miyonsaroy gumbazi ham boshqa gumbazlar b-n bir xil shaklda va oʻlchamda qurilgan. Bu binoda kutubxona, ilmiy xodimlar xonasi va b. yumushlarga moʻljallangan xonalar mavjud. Bularning umumiy mayd. 946 kv. m. Peshayvonining mayd. 110 kv. m. Kutubxonada Qurʼoni karimning noyob qoʻlyozmalari, turli nashrlari, Imom al-Buxoriy asarlarining nashrlari va b. kitoblar bor. Majmua toʻrida — maqbaraning orqa tarafida hadis ilmini oʻrganishga moʻljallangan oʻquv markazi — «Dorul hadio binosi joylashgan.

Abduqahhor Turdiyev, Murodjon Aminov.


Lotin alifbosida maqola: BUXORIY YODGORLIK MAJMUI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
ALISHER NAVOIY
BUXORO VILOYATI
ANDIJON VILOYATI
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты