BUXORO

BUXORO — Buxoro viloyatdagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻzbekistonning jan. gʻarbida, Zarafshon daryosi quyi oqimida. Toshkentdan 616 km. Iqlimi kontinental, yillik oʻrtacha tra 15, G, iyulniki 29,5°, yanv. niki 0°. Mayd. 0,02 ming km2. B. 2 ta shahar tumani (Fayzulla Xoʻjayev va Toʻqimachilik)ga boʻlingan. Aholisi 264 ming kishi (2001).

Buxoro — Sharqning mashhur qad. shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Buxoroga mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarida asos solingan, Uning nomi ilk oʻrta asr Xitoy manbalarida turlicha (An, Ansi, Ango, Buxo, Buku, Buxe, Buxaer, Buxuaer, Buxala, Buxuala, Fuxo, Puxuala va b.) atalgan. Bu atamalardan avvalgi uchtasi Buxoroning xitoycha nomlari boʻlib, qolgani «Buxoro» soʻzining xitoy tilidagi talaffuzidir. Oʻrta asr arab manbalarida esa B. Numijkat, Navmichkat, Bumichkat (Yangi qoʻrgʻon), AlMadina assufriyya (Mis shahar), Madinat attujjor (Savdogarlar shahri), Foxira (Faxrli shahar) kabi nomlar bilan tilga olingan. Buxoro atamasi sanskritcha «vixora» soʻzining turkmoʻgʻulcha shakli — «buxor» («ibodatxona») dan kelib chiqqan deb taxmin qilingan. Keyingi tadqiqotlarda bu atama sugʻdiycha «bugʻ» yoki «bag» («tangri») hamda «oro» («jamol») soʻzlaridan iborat boʻlib, «tangri jamoli» degan maʼnoni anglatadi, degan fikr ilgari surilmoqda. Darhaqiqat, Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgan Buxoro va uning atrofidagi yerlar qadimda nihoyatda xushmanzara — hayvonot va oʻsimlik dunyosi betakror, koʻl va oqar suvlarga boy boʻlib, tarixchi Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asaridagi maʼlumotlar buni tasdiklaydi.

Buxoroning islomga qadar boʻlgan siyosiy tarixi xususidagi maʼlumotlar mil. 7 — 8-a. lar bilan chegaralanadi. Buxoro 6—8-a. lar boshida Buxorxudogplar hokimligi poytaxti edi. 709-y. uni Arab xalifaligi fath etgan, 9—10-a. larda esa usomoniylarpoytaxti boʻlgan. 999-y. ʼ. niqoraxoniylar, 1220-y. moʻgʻullar bosib olgan. 1370-y. dan Buxoro Amir Temurva Temuriylar davlati, 16-a. boshidan shayboniylar (1533-y. bu davlat poytaxti Samarqanddan Buxoroga koʻchirilishi tufayli Buxoro xonligi deb atala boshlagan) va 1533-y. dan 1920-y. gacha Buxoro xonligi (amirligi) markazi boʻlgan, soʻng Buxoro Buxoro bosqini natijasida shoʻrolar tomonidan bosib olingan. 1920-y. 8 sent. dan Buxoro Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) ning poytaxti boʻlgan. Buxoro 1925-y. dan OʻzSSR va 1991-y. 1 sent. dan mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi tarkibida. Buxoroni arxeologik jihatdan faol oʻrganish ishlari 70—80-y. larga toʻgʻri keladi. Oʻzbekiston FA Arxeologiya in-tining maxsus arxeologik otryadi (A. R. Muhammadjonov, I. Ahrorov, J. Mirzaahmedov, Sh. Odilov) va Oʻzbekiston Madaniyat vazirligining Meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash va asrash in-ti otryadi (Ye. G. Nekrasova boshchiligida) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida hoz. Buxoro viloyati hududida mil. av. 4—3-ming yilliklardayoq ovchilik va baliqchilik b-n shugʻullangan, toshdan turli qurol va buyumlar yasash mahoratlari yuksak darajaga yetgan neolit davriga mansub qabilalar yashagani aniqpandi. Mil. av. 2-ming yillikning 2-yarmida Zarafshon daryosi oʻzaniga yaqin yerlarga, ayniqsa uning qad. tarmoqlari (Vobkentdaryo, Mohondaryo, Gujayli va b.) havzalariga chorvadordehqon qabilalar kelib joylashib, ular botqoq yerlarda dehqonchilik qilish bilan birga yaylovlarda chorvachilik bilan ham mashgʻul boʻlganlar. Arxeologlar Qorakoʻl tumanidagi Zamonbobo degan joydan mazkur qabilalar manzilgohlaridan birining qoldiqlarini topib oʻrgandilar. Shu bois bu madaniyat fanda Zamonbobo madaniyati deb ataldi. Mil. av. 1-ming yillikda Buxoro vohasida astasekin sunʼiy sugʻorish tarmoqlari va mustahkamlangan qishloqlar vujudga kela boshlaydi. Zarafshon daryosining kad. tarmogʻi — Shoxrud boʻylaridagi dastlabki qishloqlarning, jumladan hoz. Buxoro oʻrnida boʻlgan qishloqning barpo boʻlishi aynan ana shu davrga toʻgʻri keladi. 70-y. larda Buxoroning eski shahar qismida olib borilgan arxeologik kazishmalar natijasida Buxoroni arxeologik jihatdan oʻrganish tarixida birinchi marta materik qatlamga qadar yetib borishga va madaniy qatlamlanish chuqurligi 20 m dan ortiq ekanligini aniqlashga muvaffaq boʻlindi. Mir Arab madrasasi yaqinidagi arxeologik qazishma chogʻida materik qatlam ustida toʻq jigarrang torf qatlami (40 — 70 sm) borligi, uning ichida esa yovvoyi va xonaki hayvonlar suyaklari qoldiklari hamda sopol idish va buyumlar parchalari koʻp ekanligi maʼlum boʻldi. Torf qatlami Madrasa tomon tobora qalinlashib borib, bino ostiga kelganda qalinligi 7,5 m ga yetgan. Bu esa qadimda Buxoro hududidan Zarafshon daryosi tarmoqlaridan biri — ilk oʻrta asr manbalarida qayd etilgan «Rudi zar» («Oltin irmoq») ning oʻtganligini isbotlaydi. Arxeologik tadqiqotlar keyinchalik qurib qolgan mazkur tarmoqning har ikki qirgʻogʻi boʻylab bir qancha mustahkamlangan qishloqlarning vujudga kelgani va ular Buxoroning eng qad. shahar oʻzagini tashkil qilganini tasdiqladi. Shahar oʻzagi 3 qism — «Oltin irmoqshing oʻng qirgʻogʻida joylashgan ark, yaʼni qalʼa hamda uning oʻng va soʻl qirgʻoqlaridagi qishloqlardan iborat boʻlgan. Bu yerdan topilgan koʻplab ashyoviy dalillar, xususan sopol idish va buyumlar Buxoro tarixining turli davrlari (mil. av. 1-ming yillikning 3choragidan 20-a. boshlariga qadar) ga oid boʻlib, ulardan 2 tasi mil. av. 5-a. ga taallukdi ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, Buxoro arkida olib borilgan arxeologik qazishmalar vaqtida yana koʻplab yangi va nodir ashyoviy dalillar topildiki, ular shaharning qad. tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga egadir. Bu yerda 13 — 15,5 m, shuningdek 16,5—18,5 m chuqurlikdan 2 ta paxsa devor qoldigʻi topildi. Ular Buxoroning qad. mudofaa devori xarobalari boʻlib, biri (mil. 4—5-a. lar) ning bal. 2,5—3 m, ikkinchisi (mil. av. 4—3-a. lar) niki 2—2,5 m.

Shuningdek, shaharning yoshini aniqlash maqsadida butun Buxoro vohasi boʻylab, chunonchi yirik arxeologik yodgorliklar — Poykend, Qoʻrgʻoni Vardonze, Romitan, Varaxsha, Xoja Boʻston, Qoʻzimontepa, Oqsochtepa va b. shahar xarobalarida keng arxeologik qazishmalar olib borildi. Konimex tumanida mil. av. 6—5-a. larga doyr yodgorliklar (Chordara shahar xarobasi, Qumrabod — I, Qumrabod — II, Arabon — I, Arabon — II nomli mustahkamlangan qishloqlar, mil. av. 6-a. ga oid Shodibek va Qalqonota qoʻrgʻonlari) topib oʻrganildi (1975—77). Ulardan yuqori darajada rivojlangan hunarmandchilik va meʼmorlikka doir koʻplab ashyoviy dalillar topildi. Oʻsha davrga taalluqli qishloqlar qoldiqlari Jondor tumanidagi Xojaxotin, Laylakxoʻr, Boshtepa, Oqtepa va b. joylardan ham topildi.

Arxeologik tadqiqotlar jarayonida Buxoro xususidagi yozma manbalarda keltirilgan maʼlumotlar bilan arxeologik topilmalar qiyoslanib, quyidagicha xulosaga kelindi. Zarafshon daryosining quyi oqimidagi dastlabki manzilgohlar jyoz davri (mil. av. 2-ming yillikning 2-yarmi) dayoq vujudga kelib, ular sinchli yarim yertoʻlalardan iborat boʻlgan (qurib qolgan Mohondaryo tarmogʻi mintaqasida olib borilgan tadqiqotlar buni tasdiqlaydi); mil. av. 6—5-a. larda Zarafshon daryosining yirik tarmogilari deltalari joylashgan yerlarda mustahkamlanmagan manzilgoxlar paydo boʻlgan. Mil. av. 4-a. da esa Buxoro arki qurilajak hudud baland mudofaa devori va keng xandaq bilan oʻrab olinib, uning etagida uchta mustahkamlangan manzilgoh joylashgan (bu xil manzilgohlar mil. av. 1-ming yillik boshidan Oʻrta Osiyoning dehqonchilik qilinadigan viloyatlariga xosdir). Mazkur manzilgohlardan biri Firobdiz, ikkinchisi Navmichkat, uchinchisi Buxoro deb atalgan. Keyinchalik bu uch manzilgoh oʻzaro birlashib va toʻxtovsiz taraqqiy etib borib, kattagina shaharga — B. vohasining savdohunarmandchilik va maʼmuriy markaziga aylangan.

Buxoroning Bukj ipak yoʻli chorrahasida joylashganligi ilk davrlardan boshlab hunarmandchilik tarmoqlari (kulolchilik, temirchilik, misgarlik, zardoʻzlik, zargarlik, shishasozlik, kandakorlik, badiiy kashtachilik va h. k.) va savdo-sotiq ishlarining rivojlanishiga turtki boʻldi.

Rossiya istilosi davrida bir necha mayda qayta ishlash korxonalari vujudga keldi. 20-a. boshida Buxoroda 12 ta mahalla, 360 dan ortiq guzar, 250 dan ziyod Madrasa, 390 ta masjid, qariyb 150 ta karvonsaroy, 350 ta hovuz boʻlgan. Buxoro madrasalarida 10 mingdan ortiq talaba oʻqigan. Buxoroda 1920-y. lardan boshlab sanoat korxonalarining soni va salmogi ortib bordi. Viloyat hududida gaz va neft konlarining topilishi shaharda yangi sanoat tarmoklarini rivojlantirishga asos boʻldi. Uysozlik, madaniymaishiy xizmat tarmoqlarini barpo etish jadallashdi. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari tubdan yaxshilandi. Xalqaro vamahalliy turizm yoʻlga qoʻyildi. Hoz. kunda Buxoroda 30 dan ortiq yirik sanoat korxonasi mavjud. Viloyat sanoat korxonalari yalpi mahsulotining yarmidan koʻprogʻi Buxoroda ishlab chiqariladi. Korxonalarda asosan mahalliy xom ashyo qayta ishlanadi. Ayrim korxonalar gaz va neft sanoati hamda q. x. ga xizmat qilishga ixtisoslashgan. Buxoro toʻqimachilik k-ti («Buxoroteks»), qorakoʻl z-di, zardoʻzlik, pillakashlik fkalari, paxta, yogʻekstraksiya, vino, gʻisht, remontmexanika z-dlari, un, goʻsht, uysozlik k-tlari, poyabzal, tikuvchilik fkalari hamda hunarmandchilik tarmoqlari ishlab turibdi. Shaharda 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qurilgan qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatadi: «BuxTel» (Isroil) mayonez, «OmegaSitora» (Gretsiya) moʻyna buyumlari, «GufikAvitsenna» (Xindiston) dori-darmon, «Marmar» (AQSH) qurilish materiallari ishlab chiqaradi. 1996-y. da Buxoroda Koreya Respublikasida ishlab chiqarilgan telefon st-yalari oʻrnatildi. Buxoroda Oʻzbekiston paxtachilik i. t. in-tining filiali, bogʻdorchilik, niholchilik tajriba xujaligi va «Sohibkor» xujaligi joylashgan.

Buxoroda 20 dan ortiq yoʻnalishda avtomobil transporti katnaydi. 1986-y. dan trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyiddi. Xalkaro aeroport B. ni Toshkent orqali respublika viloyatlari va 20 dan ortiq xorijiy davlatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatishda xizmat qiladi. Buxoroda 100 dan ortiq yirik tarixiy meʼmoriy yodgorliklar: Buxoro arki, Somoniylar maqbarasi, Chashmai Ayyub maqbarasi, Matki Attori masjidi, Namozgoh masjidi, Poyi kalon ansambli, Qalʼadevor qoldiqlari, Minorai kalon, Masjidi kalon, Mir Arab madrasass, Tim va toqilar, Labihovuz ansambli, Ulutbek madrasasi, Chor minor, Bolohovuz masjidi, Sitorai Mohi Xosa ansambli va b. saqlangan. Bular shaxarning yangi kismidagi zamonaviy koʻp qavatli binolar (hokimiyat uyi, «Buxoro», «Zarafshon», «Varaxsha», «Guliston» mehmonxonalari) bilan uygʻunlashib ketgan.

Buxoro yirik ilmmaʼnaviyat, maʼrifat markazlaridan. 1996-y. martdan Oʻzbekiston FA Samarqand boʻlimining Buxoro mintaqaviy markazi faoliyat koʻrsatmoqda. 1997-y. da 3 oliy oʻquv yurti (davlat unti, oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi inti, tibbiyot inti), 5 kollej, 3 akademik litsey, tarix faniga ixtisoslashgan maktab, 47 umumiy taʼlim maktabi, 89 maktabgacha tarbiya muassasalari, 28 ommaviy kutubxona, Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzey koʻrikxonasi, 2 teatr mavjud. «Buxoro haftanomasi» gaz. chiqadi (adadi 2000).

Buxoro zaminida mashhur, donishmand allomalar voyaga yetgan, oʻqib ijod etgan. Abu Hafsi Kabir Buxoriy (767 — 832), Imom al-Buxoriy, Ibn Sino, Narshaxiy, Daqiqiy, Rudakiy, Balʼamiy, Abduxolik Gʻijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Sayfiddin Boxarziy, Nosir Buxoriy, Shamsiddin Buxoriy, Ubaydulloh Buxoriy, Mushfiqiy, Hofiz Tanish Buxoriy, Turdi Farogʻiy, Ahmad Donish, Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xoʻjayev, Ibrohim Moʻminov, Jalol Ikromiy shular jumlasidandir. 1997-y. ning okt. da Buxoroning 2500-yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlandi. 50 dan ortiq tarixiymeʼmoriy obidalar taʼmirlandi, yangi istirohat bogʻlari, xiyobonlar barpo qilindi.

Manbalar va ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Istoriya atTabari, T., 1987,Hofiz Tanish Buxori y, Abdullanoma [1 —2j. lar], T., 1999— 2000; Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Mir Muxammad Amin Buxariy, Ubaydullaname, T., 1957; Abduraxmoni Tali, Istoriya Abulfeyzxana, T., 1959; Fazlellax ibn Ruz bixan Isfaxani, Mexmannameyi Buxapa, M., 1976; Axmad Danish, Istoriya Mangitskoy dinastii, Buxoro shahri. «Uzbekturizm» milliy kompaniyasining B«uxoro» mehmonxonasi.

Dushanbe, 1967; Mirza Abdal Azii Sami, Tarixi salatini mangitiyya, M., 1962; Insoniyatning ilmiy va madaniy merosi — uchinchi ming yillikka (1997-y. 18 — 20 okt., BuxoroXiva), T., 1997.

Abdulahad Muhammadjonov, Isroil Nazarov.


Lotin alifbosida maqola: BUXORO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUXORO VILOYATI
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты