BADIIY SOʻZ USTASI

BADIIY SOʻZ USTASI — adabiy asar (sheʼr, nasr, shuningdek publitsistika) yoki dramatik parchani telekoʻrsatuv va radio orqali, estrada, sirk va filarmoniya sahnasida ifodali oʻqib, ular mazmunini tinglovchilarga badiiy taʼsirli qilib yetkazuvchi ijrochi, estrada va filarmoniya artisti. Omma-viy-badiiy tadbirlar ham ular boshchiligida yoki ishtirokida oʻtadi. Badiiy soʻz ustasi oʻzining ifoda uslubi, talaffuzining yorqinligi, ijrochilik mahorati, asosiy fikrni anglatuvchi soʻzlarni urgʻu bilan talaffuz etishi jihatidan tinglovchi yoki ommani oʻziga jalb etadi. Oʻzbek sanʼatida Badiiy soʻz ustasi (dostonchi, ertakchi, kissaxon va b.) qadimdan maʼlum. Barcha ommaviybadiiy tadbirlar, sayillar, tomoshalar, toʻy-hashamlar ular ishtirokida oʻtgan. Oʻzbekistonda Badiiy soʻz ustasi lari ichida M. Hamidov, N. Rahimov, H. Umarov, U. Burhonov, T. Tojiyev, Q. Maqsumov, T. Yunusxoʻjayeva, L. Xoʻjayeva, M. Xolmetov, O. Asomov, B. Muhammadxoʻjayev, H. Sadiyev kabi sanʼatkorlarning ijodi eʼtiborga molikdir.


Lotin alifbosida maqola: BADIIY SOʻZ USTASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
ABDULLA QODIRIY
ADABIYOT NAZARIYASI
ADABIYOTSHUNOSLIK
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты