BOSH SUV OLISH INSHOOTI

BOSH SUV OLISH INSHOOTI — daryodan kanallarga toʻgʻonsiz suv olish joyida quriladigan inshoot. Bosh suv olish inshooti oʻrnini belgilashda asosan daryoning qirgʻoq sharoiti hisobga olinadi (daryo qirgʻogʻining tuproq tarkibi, yemirilish xususiyatlari toshqin vaktida daryo suvining koʻtarilish sathi va b.). Agar daryo qirgʻogʻi suv olish joyida yemirilmaydigan mustahkam boʻlsa, u holda Bosh suv olish inshooti bevosita daryo qirgʻogʻiga yaqin joyda quriladi (1tip). Lekin koʻpgina hollarda Oʻrta Osiyo sharoitida daryolar qirgʻogʻi yuviladigan boʻlganligi uchun Bosh suv olish inshooti qirgʻokdan maʼlum masofa narida quriladi (2tip). Amudaryodan suv oladigan Toshsoqa, Qizketgan kanallari Bosh suv olish inshooti lari 1tipdagi, AmuBuxoro, Qilichniyozboy kanallari Bosh suv olish inshootilari 2tipga misol boʻla oladi. Bosh suv olish inshooti tarkibida daryodan kanalga olinadigan suv sarfini boshqarish imkonini beradigan suv oʻtkazuvchi oraliqlar, shlyuzli boshqariladigan oraliqlar barpo etiladi. Bosh suv olish inshooti kanallarga iloji boricha loyqa kirishining oldini olish uchun ham xizmat qiladi, shuningdek baʼzi Bosh suv olish inshooti shlyuzlar orqali daryodan kanallarga suzuvchi kema va zemlesoslarni oʻtkaza oladi (yana q. Suv olish inshootlari).


Lotin alifbosida maqola: BOSH SUV OLISH INSHOOTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
AMUDARYO
DARYO
OSIYO
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты