BYOMIT (20-a. nemis mineralogi I. Byom nomidan) —gidrooksidlar kichik guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi A1OON. Dukkaksimon shakddagi och rangli agregatlar, kamdankam hollarda juda mayda kristallar. Yaxshi shakllangan kristallari kam. B. oynasimon yaltiroq, qatgakligi 3,5—4; s. of., kariyb 3. Kislotalarda erimaydi. Byomit koʻpincha past trali yertomirlarda mayda kristallar holida uchraydi. Baʼzi boksitlarning asosiy minerali. Oʻzbekistonda Qizilqumdagi togʻlarda, Fargʻona tizmasida uchraydi.