BURKINA FASO

BURKINA FASO (Bourkina Faso) (1984-y. avg. gacha Yuqori Volta Respublikasi) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Mayd. 274,2 ming km2. Aholisi 10,4 mln. kishi (1990-y. lar oxiri). Poytaxti — Uagadugu sh. Maʼmuriy jihatdan 45 viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Amaldagi konstitutsiya 1991-y. 2-iyundagi referendumda maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 y. muddatga saylanadi va cheklanmagan miqdorda qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Milliy assambleya. Ijrochi hokimiyat — prezident va u tomonidan tayinlanadigan bosh vazir boshchiligidagi hukumat.

Tabiati. Yer yuzasi qiradirlardan iborat 200—500 m gacha balandlikdagi plato. Jan. gʻarbidagi togʻlar 750 m gacha boradi. Iqlimi — subekvatorialmusson, shim. hududlarida quruq mavsum 8 — 10 oy davom etadi. Oʻrtacha oylik tra 2426° dan 30—35° gacha. Yiliga 500—1000 mm gacha yogin yogadi. Asosiy daryolari — Qora Volta va Oq Volta. Tuproqlari qizil va qizilqoʻngʻir, laterit tuproqlar. Oʻsimliklari savannaga xos, ayrim joylarida oʻrmon va butazorlar uchraydi. Hududining 9% oʻrmon. Savannalarda arslon, qoplon, fil, buyvol, kiyik kabi hayvonlar saqdanib qolgan. Jan. da setse pashshasi tarqalgan. Milliy bogʻlar va qoʻriqxonalar, jumladan mamlakat sharqida DublBe, Kurtyagu, Arli milliy bogʻlari bor.

Aholisining asosiy qismi (50%) mosilar; lobi, fulbe, bobo va b. xalqlar ham yashaydi. Aholining 50%dan koʻprogʻi mahalliy anʼanaviy dinlarga, 40% musulmon diniga eʼtiqod qiladi; qolganlari xristianlar. Shahar aholisi 9%ni tashkil etadi. Rasmiy tili fransuz tili.

Tarixi. Arxeologiya topilmalariga Karaganda, Burkina Fasoda neolit davrida odamlar yashagan. Shim. gʻarbda qad. istehkomlar va quduqlar, Yatenga atrofida ovchilar va yovvoyi jonivorlar tasvirlangan qoya rasmlari topilgan. 11-a. da Burkina Faso hududida mosilar davlati tarkib topa boshladi. 14-a. da Uagadugu, Yatenga va b. davlatlar boʻlgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida fransuz mustamlakachilari tomonidan bosib olindi. 1904-y. B. F. Fransiyaning Yuqori SenegalNiger mustamlakasi tarkibiga qoʻshib olindi. 1919-y. Fransiya Gʻarbiy Afrikasi tarkibida alohida maʼmuriy birlik qilib ajratildi, lekin 1932-y. Fransiya Burkina Faso hududini Fil Suyagi Qirgʻogʻi, Niger va Fransiya Sudani mustamlakalari oʻrtasida boʻlib yubordi. 1947-y. B. F. avvalgi chegaralarda Fransiyaning «dengiz ortidagi hududi» sifatida tiklandi, 1958-y. dek. da Burkina Faso davlat makrmini oldi va Fransiya Hamdoʻstligi tarkibida muxtor respublika deb eʼlon qilindi. 1960-y. 5 avg. da mustaqillikka erishdi. 1984 i. 4 avg. dan Burkina Faso deb atala boshladi. M. Yameogo Yuqori Volta Respublikasi (hoz. BurkinaFaso)ning birinchi prezidentidir. 1983-y. gacha bir necha marta davlat toʻntarishi boʻldi. 1983-y. 4 avg. da hokimiyat»tepasiga T. Sankara boshchiligidagi Milliy inqilob kengashi keldi. 1987-y. da esa Burkina Fasoda navbatdagi davlat toʻntarishi boʻlib, kapitan Blez Kompaore boshchiligidagi Xalq fronti hokimiyatni qoʻlga oldi. B. Kompaore—1991 i. 1 dek. dan mamlakat prezidenti. 1991-y. mamlakatda koʻp partiyali tizim joriy etildi. Burkina Faso —1960-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetami 1992-y. 25 yanv. da tan olgan. Milliy bayrami — 4 avg. — Inqilob kuni (1983).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Demokratiya va federatsiya uchun alyans, 1990-y. da tuzilgan partiya; Afrika demokratik birlashmasi partiyasi; Demokratiya va taraqqiyot kongressi partiyasi, 1996-y. da tuzilgan; Ilgor vatanparvarlar milliy konventi — Sotsialdemokratik partiya, 1991-y. tuzilgan; Demokratiya va taraqqiyot partiyasi, 1993-y. da tuzilgan; Xalq fronti, turli siyosiy va ijtimoiy tashkilotlar uyushmasi, 1987-y. da tuzilgan. Burkina Faso bosh mehnat konfederatsiyasi, 1988-y. da tuzilgan; B. F. mehnatkashlari kasaba birlashmasi, 1958-y. da tashkil etilgan.

Xujaligi. Burkina Faso — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q. x. ning ulushi 40%, sanoatning ulushi —14%. Ekin maydonining 75%ga gʻalla ekiladi. Q. x. ning asosiy mahsulotlari: paxta, yer yongʻoq, moyli palma, shakarqamish, sholi, batat, loviya. Dare baliqchiligi b-n shugullaniladi. Yaylov chorvachiligi ustun. 4 mln. ga yaqin qoramol bor. Yiliga 68 ming t goʻsht yetishtiriladi. 100 ga yaqin korxona, jumladan yogoch tilish, paxta tozalash, toʻqimachilik, yogʻsovun, charmpoyabzal, sholi oklash korxonalari, kushxonalar bor. Simob, oltin, marganes, nikel, marmar qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 157 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Chetga qoramol, chorvachilik mahsulotlari, paxta, yer yongʻoq, sabzavot, kunjut urugi sotadi. Chetdan mashina va asbobuskunalar, oziq-ovqat, neft maqsulotlari oladi. Avtomobil yoʻllarining uz. 4,6 ming km, t. y. uzunligi — 1155 km. Tashqi savdo-sotiqdagi mijozlari: Fransiya. KotdʻIvuar; Germaniya, Kanada, AQSH, Niderlandiya bilan ham yaqin aloqa bogʻlagan. Xalqaro aeroportlari: Uagadugu, BoboDiulaso. Pul birligi — Afrika franki.

Tibbiy xizmati. Burkina Fasoda davlatning 9 shifoxonasi va 400 dan ortiq boshqa tibbiy muassasalar bor. 3,6 mingoʻrinli shifoxonalarda 150 shifokor, 800 dan ortiq hamshira va akusher ishlaydi.

Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. Mustaqillik eʼlon qilinguncha (1960) aholi savodsiz edi. Istiqlol sharofati bilan maorifni rivojlantirish rejasi qabul etildi. Qishloqlarda 3 y. lik taʼlim markazlari ochildi, majburiy bepul boshlangʻich taʼlim yoʻlga qoʻyildi. Burkina Fasoda davlat maktablari bilan bir qatorda pulli xususiy maktablar ham bor. 6 yoshdan boshlab bolalar uchun 6 y. lik boshlangʻich, qishloq joylarda 3 y. lik toʻliqsiz boshlangʻich maktablar mavjud. Toʻliqsiz oʻrta maktab (kollej) 4 y. lik, toʻliq oʻrta maktab (litsey) 7 y. lik. Boshlangʻich maktab negizida 4 y. lik quyi hunartexnika taʼlimi, 7 y. lik oʻrta texnika taʼlimi yoʻlga qoʻyilgan. Boshlangʻich maktablar uchun oʻqituvchilar ped. bilim yurtlarida 3 yil davomida, oʻrta maktablar uchun oʻqituvchilar untda tayyorlanadi. Burkina Fasoda Uagadugu un-ti (1969-y. da Oliy taʼlim markazi sifatida tashkil etilgan, 1974-y. dan unt maqomini olgan), Kino va telekoʻrsatuv oʻquv in-ti bor. Mamlakatdagi yirik ilmiy muassasalar: Ilmiy tadqiqot markazi, Tropik q. x. inti, Ilmiytexnika tadqiqotlari byurosi, konchilikgeol. direkiiyasi, Tropik oʻrmon texnika markazi (1963), Milliy ped. instituti, Paxta va toʻqimachilik inti, Iqtisodiy va ijtimoiy fanlar markazi va b. Unt huzuridagi kutubxona, Milliy ped. institutining kutubxonasi, Ilmiy tadqiqotlar markazi huzuridagi kutubxona, Konchilikgeol. direksiyasining kutubxonasi mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Burkina Faso dagi yirik gaz. va jur. lar: «Sidvaya» («Haqiqat», fransuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1984-y. dan), «Byulten de lajans denformasyon dyu Burkina» («Burkina axborot agentligining byulleteni», fransuz tilida chiqadigan haftalik jur.), «Jurnal dyu jyodi» («Payshanbalik gazeta», fransuz tilidagi haftalik gaz., 1991-y. dan), «Maten» («Tong», fransuz tilidagi haftanoma, 1992-y. dan), «Pen» («Mamlakat», fransuz tilidagi kundalik gaz., 1991-y. dan). Burkina Faso axborot agentligi 1963-y. da tashkil etilgan. Burkina milliy radioeshittirishi hukumat agentligi. Burkina Faso milliy telekoʻrsatuviga 1963-y. da asos solingan.

Adabiyoti 20-a. 60-y. larining oʻrtalaridan boshlab fransuz tilida rivojlanaboshladi. R. Nikyemningxalqogʻzaki ijodi uslubidagi «Gʻaraz» romani 1967-y. da bosilib chikdi. P. Dabire oʻzining «Samsoa» romanida mosilarning qishloq hayotini tasvirladi. S. Kulibali sheʼr va romanlari bilan mashhur boʻldi. A. Kere sheʼrlari ona yurt tabiatini madh etadi. F. Passer, E. Savadogo, J. Yu. Bazye va b. milliy adabiyotni rivojlantirishga hissa qoʻshdilar. 1984-y. da nashr etilgan «BurkinaFaso sheʼriyati antologiyasi»ga kirgan asarlar mamlakatning oʻtkir ijtimoiysiyosiy muammolarini aks ettiradi. Yosh shoirlar urushga qarshi, yer yuzida tinchlikni saqlash mavzularini qalamga olmoqdalar.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Burkina Faso xalqlari (moyey, bobo, fulbe va b.)ning turar joyi konus shaklidagi doirasimon yoki yassi tomli toʻgʻriburchakli 4—5 xonali uylardan iborat. Baʼzi xalklarning mustahkamlangan turar joylari 2—3 qavatli yassi tomli doirasimon minoralarni eslatadi. Guvaladan doirasimon qilib tiklangan don omborlarining devorlariga «koʻz tegmasin» deb ayollar, toshbaqalar va echkemarlar tasviri tushirilgan. Guvaladan yassi tomli mayejidlarni minora va mezanalar bilan birga qurish odat boʻlgan. Ayrim imoratlarning peshtoqiga kiyik shoxlari va turli naqshlar solingan yogʻochlar ilib qoʻyiladi. Hoz. fransuz meʼmorlari loyihasi asosida zamonaviy binolar qurilmoqda. Bronzadan yasalgan buyumlarda oʻsimlikka oʻxshatib naqsh solingan sanʼat asarlari yaratiladi. Milliy kiyim-kechaklarga moviy rangda turli naqshlar tikiladi.

Musiqasi. Burkina Faso dagi koʻpgina xalqlarning musiqiy anʼanalari xilmaxil. Kishloq jamoalarida mehnat jarayonlari, bayram marosimlari, diniy rasmrusumlarga bagishlangan turlicha musiqiy uslub va yoʻsinlar bor. Koʻpincha musiqa, rake va qoʻshiq birga ijro etiladi. Bayram marosimlarida ijro etiladigan koʻpgina qoʻshiqlarda ajdodlar ruhiga murojaat etilib, sihatsalomatlik, omonesonlik va moʻl hosil boʻlishi haqidagi tilaklar aytiladi. Cholgʻu asboblari: nay, doʻmbira, chang, gʻijjak va hayvon shoxlaridan yasalgan karnay kabilar. Keyingi yillarda zamonaviy musiqani rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Uagadugudagi milliy teatr va milliy folklor dastasi, bir qancha estrada ashula va raqs dastalari mavjud.

Kinosi. 1969-y. da Uagaduguda boʻlib oʻtgan 1Umumafrika kinofestivali milliy kinematografiyaning rivojlanishiga turtki boʻldi. Birinchi toʻliq metrajli film 1972-y. da yaratilgan. Keyinchalik «Yarash yoʻli», «Xudoning inʼomi», «PokoPoko» kabi filmlar yuzaga keldi.


Lotin alifbosida maqola: BURKINA FASO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
YER
FRANSIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты