BARIY FTORID

BARIY FTORID, BaF2 — ftorid kislotaning bariyli tuzi, rangsiz kristall modda. 970° gacha a-faza holida turgʻun; zichligi 4893 kg/m3. 970° da R-fazaga, 1207° da esa u-fazaga oʻtadi. Suyuqlanish t-rasi 1368°, qaynash t-rasi 2250° atrofida. Suvda yomon, ftorid kislotaning suvli eritmalarida yaxshi eriydi, organik erituvchilarda erimaydi. 500° dan yuqori t-rada suv bugʻida gidrolizlanadi. Ftorid kislota b-n beqaror gidroftoridlar hosil qiladi. Bariy ftorid tabiatda kamyob mineral — frankdiksonit holida uchraydi. Bariy karbonatga ftorid kislota yoki uning suvdagi eritmalarini taʼsir ettirib olinadi. Bariy ftorid shisha, emal va flyuslar hamda metallarni muhofaza qiluvchi qoplamalarning komponentlari, infraqizil optika va lazer uchun material, U/6 ni tozalashda sorbent sifatida qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: BARIY FTORID haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BARIY NITRAT
BORATLAR
BARIY
BARIY GIDROKSID
AMUDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты