BELGI

BELGI — moddiy, hissiy ravishda idrok etiladigan predmet, voqea yoki harakat. Bu harakat bilishda koʻrsatmalar, ishoralar sifatida yoki boshqa predmet, xususiyat, munosabatlarda namoyon boʻladi. Belgi tushunchasi falsafa, mantiq, tilshunoslik, psixologiya, sotsiologiyada tahlil qilinadi, yaʼni inson faoliyatini tadqiq qilish bilan bogʻliq boʻlgan hamma fanlarda muhim oʻrin tutadi. Antik faylasuflar (Platon, Aristotel, stoiklar), 17 — 18-a. larning mutafakkirlari (Lokk, Leybnis, Kondilyak) bilishda Belgi larning roliga katta eʼtibor berar edilar. 19 — 20-a. larda tilshunoslik va matematik mantiq B. ni tadqiq qilishga koʻp yangilik kiritdi. Belgi haqida maxsus Fan — semiotika vujudga keldi. Belgilar til va gʻayritil Belgi lariga boʻlinadi. Gʻayritil Belgi ham oʻz navbatida belginusxalar, belgialomatlar, belgisignallar va h. k. ga boʻlinadi. Belgining axborot uzatish jarayoni b-n aloqasi muhimdir. Biron moldiy obyektdan iborat boʻlgan Belgi boshqa biron narsani belgilash uchun xizmat qiladi. Belgining predmet maʼnosini, mazmun maʼnosini, ekspressiv maʼnosini aniqlamasdan turib Belgini tushunish mumkin emas.


Lotin alifbosida maqola: BELGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ARISTOTEL
ALISHER NAVOIY
BERUNIY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты