BIOTELEMETRIYA

BIOTELEMETRIYA, biologik telemetriya (bio…, tele… va…metriya) — biologik hodisalarni tadqiq etish va biologik koʻrsatkichlarni (mas, kosmonavtlar, sportchilarning tomir urishi, qon bosimi, haroratini) masofadan turib oʻlchash va tekshirish usullari majmui. Biotelemetriya tekshirishlarni olis masofadan turib ham (mas, kosmik uchishlarda) yoki oʻrganiladigan obyektning harakati paytida (mas, sport musobaqalari yoki mehnat faoliyati paytida) oʻtkazish imkonini beradi. Biotelemetriyada oʻrganilayotgan obyektga (odam va hayvonga) maxsus datchiklar oʻrnatiladi; ulardan chiqayotgan signallar aloqa kanallari orqali qabul punktiga uzatiladi va u yerda qayd etiladi.

Tadqiq etilayotgan jarayon elektrik jarayon boʻlmasa (mas, yurakning urishi), u elektr signallariga aylantiriladi. Kosmik kemada uchayotgan odam va hayvon organizmining holatini kuzatish kosmik Biotelemetriya deyiladi. Biotelemetriyada oʻta mitti radiouzatgichlar yordamida ichki organlarda boʻlayotgan jarayonlarni oʻrganish va ularni davolash mumkin. Buning uchun maxsus datchiklar (radiokapsulalar, elektrodlar) ichki aʼzolar yoki toʻqimalarga kiritiladi. Biotelemetriya vositasida hayvonlarning xulqatvorini har xil sharoitda, mas, kushlar uchayotganida ham oʻrganish mumkin. Biotelemetriya kosmik biologiya va kosmik tibbiyot, mehnat va sport fiziologiyasida muhim ahamiyatga ega.


Lotin alifbosida maqola: BIOTELEMETRIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YURAK
TOSHKENT
YER
KOSMONAVTIKA
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты