BUGʻUSIMONLAR (Cervidae) juft tuyoqli sut emizuvchilar oilasi. Dumi kalta, boshi uzunchoq, oyoqlari ingichka, qomati kelishgan. Yuqori jagʻida kurak tishlari yoʻq. Oziq tishlari yassi, dumi ostida katta oq xoli — «darcha»si bor. Yosh B. koʻpincha olachipor boʻladi. Suv B. idan tashqari, deyarli hamma Bugʻusimonlarning shoxi bor, lekin ayrim turlarining faqat erkagida shox boʻladi. Shimol bugʻusining erkagi ham, urgʻochisi ham shoxli. B. Yevropa, Osiyo, Amerika va Shim. Afrikada tarqalgan. Togʻ va tekisliklardagi oʻrmon, toʻqay, oʻrmondasht va tundrada yashaydi. Turli oʻtlar, butalar, har xil oʻsimliklar bilan oziqpanadi. Bugʻusimonlar 1,5 yoshda voyaga yetadi. Kuzda yoki yoz oxirida juftlashadi. Bu vaqtda erkaklari boʻkirib yuradi. Urgʻochisi bahorda yoki yoz boshida 1—2 ta, suv Bugʻusimonlari 4 ta va undan ham koʻproq tugʻadi. Bahor va kuzda, baʼzi turlari faqat bahorda tullaydi. Bugʻusimonlarning 48 turi boʻlib, ular muntjaklar (Sщvulinae), suv Bugʻusimonlari (Hydropotinae), asl Bugʻusimonlar (Cervinae) va Amerika Bugʻusimonlari (Neocervinae) 4 kenja oilaga boʻlinadi. Muntjaklar kenja oilasiga mansub Bugʻusimonlarning boʻyi 60 sm cha, shoxi kalta. Erkagining ustki jagʻida xanjardek uzun qoziq tishlari bor. Bu kenja oila 2 urugʻ: muntjaklar va tojli bugʻulardan iborat. Muntjaklar urugʻining vakili — Hindiston muntjagi (Muntiacus muntjar). Suv Bugʻusimonlari kenja oilasining faqat 1 turi boʻlib, Xitoyda uchraydi. Dare soxdllaridagi qamishzorlarda 2—3 tadan boʻlib yuradi. Boʻyi past (0,5 m cha), shoxi yoʻq. Erkagining ustki jagʻidagi uzun qoziq tishlari tashqariga chiqib turadi. Asl Bugʻusimonlar kenja oilasi buyi 0,6—2,2 m keladigan, ancha yirik hayvonlardir. Ustki jagʻlaridagi qoziq tishlari kichkina yoki butunlay boʻlmaydi. Bu kenja oila yelik, los va h. k. dan iborat urugʻlarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda asl Bugʻusimonlarning bir turi — xongul yashaydi. Amerika Bugʻusimonlari kenja oilasi boʻyi 0,3—1,3 m keladigan mayda va oʻrta boʻyli bugʻulardan iborat. Boshqa Bugʻusimonlar danʻbosh skletidagi baʼzi suyaklarining tuzilishi bilan farq qiladi. Bu kenja oila mazamalar, pudu, pampas va shimol bugʻulari urugʻlariga boʻlinadi. Bugʻusimonlar koʻplab ovlanadi. Goʻshti va terisidan foydalaniladi. Asl bugʻuning pant deb ataladigan yosh shoxlaridan dori tayyorlanadi. Shimol bugʻusi xonakilashtirilgan boʻlib, xoʻjalik uchun katta ahamiyati bor. Kaborgilarning bir turi (Moschus moschiferus) tarqalgan. Bugʻusimonlarning 11 turi 20 kenja turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.