ASINXRON ELEKTR MASHINA

ASINXRON ELEKTR MASHINA — rotorining aylanish chastotasi statorining magnit maydoni aylanish chastotasiga mos kelmaydigan oʻzgaruvchan tok elektr mashinasi. Asosiy qismlari: staninaga oʻrnatilgan poʻlat oʻzak va oʻzakka oʻralgan chulgʻamlardan iborat stator hamda oʻqqa oʻrnatilgan va ariqchalariga chulgʻamlar joylashtirilgan poʻlat oʻzakdan iborat rotor. Rotor oʻzagi ham, stator oʻzagi ham poʻlat plastinalardan yigʻiladi. Chulgʻamlarning bir-biriga oʻzaro ulanishi va manbadan tok bilan taʼminlanishi usuliga koʻra stator bir, ikki, uch va koʻp fazali qilib tayyorlanishi mumkin. Uch va koʻp fazali chulgʻamlar oʻzaro yulduzcha, uchburchak va koʻpburchak shaklida ulanadi. Chulgʻamlarining tayyorlanishiga koʻra, rotor qisqa tutashtirilgan va fazarotorli xillarga boʻlinadi. Stator bilan rotor orasidagi havo tirqishi iloji boricha kichik (0,025 mm gacha) qilinadi. Asinxron elektr mashina rotorining aylanish chastotasi stator magnit maydonining aylanish chastotasiga bogʻliq boʻladi va isteʼmol qilinadigan tok chastotasi hamda mashinaning juft qutblar soni bilan aniqlanadi. Sirpanish (siljish) qiymatiga qarab, Asinxron elektr mashinani asinxron elektr dvigatel va asinxron generator sifatida ishlatish mumkin.


Lotin alifbosida maqola: ASINXRON ELEKTR MASHINA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ASINXRON ELEKTR DVIGATEL
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BUYUK BRITANIYA
AVTOMAT TELEFON STANSIYA
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты