ARXIMED

ARXIMED (taxm. mil. av. 287 — Sira-kuza (Sitsiliya) — 212) — yunon mexanigi va matematigi. Arximed oʻsha zamonning yirik ilmiy markazi — Iskandariyada taʼlim olgan. Rimliklar Sirakuzani bosib olishi paytida oʻldirilgan. Arximed richag qonunlarini topgan, uning nomi bilan yuritiladigan gidrostatika qonunini ochgan (q. Arximed qonuni). Mat. ga oid bir qator ishlari orasida uning usuli yordamida egri chiziqlarning uzunligini hisoblab topish, yuza va hajmlarni aniqlash katta oʻrin tutadi. Arximed ekin maydonlarini sugʻorish mashinalari (q. Arximed vinti), yuklarni koʻtarish uchun moʻljallangan richag va bloklar tizimlari, harbiy irgʻitish mashinalari, qotishmalarning tarkibini suyuqlik (suv)da aniqlash usuli va b. koʻp kashfiyotlarning muallifi. Koʻp asarlari bizgacha yetib kelmagan.


Lotin alifbosida maqola: ARXIMED haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YUNONISTON
TOSHKENT
FRANSIYA
BERUNIY
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты