ALLERGIYA

ALLERGIYA (yun. allos — boshqa, oʻzga, begona va ergon — taʼsir) — kishi organizmida tashqaridan taʼsir qiluvchi allergenlik xususiyatiga ega boʻlgan har xil yot moddalarga nisbatan paydo boʻladigan oʻziga xos reaksiya. Allergenga nisbatan javob raksiyasi darhol yoki asta-sekin oʻta sezuvchanlik koʻrsatish orqali sodir boʻladi. Allergen organizmga tushganida unga javoban haqiqiy va soxta (psevdoallergik) allergik reaksiyalar paydo boʻlishi mumkin. Haqiqiy allergik reaksiya boshlanishidan oldin maʼlum bir davr oʻtib, bunda organizmning unga birinchi bor tushgan moddaga sezgirligi ortib boradi, bu sensibilizatsiya deb ataladi. Sensibilizatsiya yuzaga kelishi organizmda unga birinchi bor tushgan allergenga javoban alohida oqsil moddalar — antitelolar yoki oʻsha allergen bilan oʻzaro taʼsir qila oladigan limfotsitlar paydo boʻlishiga bogʻliq. Shungacha allergen organizmdan chiqarib yuborilgan boʻlsa, hech qanday kasallik alomati koʻzga tashlanmaydi. Agar allergen chiqib ketmagan boʻlsa yoki chiqib ketganidan keyin organizmga takror tushsa, bunda u yukrridagi antitelolar yoki limfotsitlar bilan oʻzaro taʼsirlashib, Allergiyaga sabab boʻladi. Natijada bir qancha biokimyoviy jarayonlar boshlanib, gistamin, serotonin kabi talaygina moddalar ishlanib chiqib, hujayralar, toʻqimalar va aʼzolarni zararlantiradi, shu tarika maxsus, yaʼni ilgari organizmga taʼsir qilgan allergenga javoban reaksiya roʻy berib, allergik kasallik paydo boʻladi. Soxta reaksiyalar organizm allergenga birinchi bor duch kelganida boshlanaveradi. Bunda sensibilizatsiya davri boʻlmaydi. Organizmga tushgan allergenning oʻzi hujayra, toʻqima va aʼzolarni zararlantiradigan moddalarni paydo qiladi. Soxta reaksiyalar koʻpincha doridarmonlar va oziq-ovqatlarga nisbatan roʻy beradi.

Organizm allergenga duch kelganida hamisha ham Allergiya paydo boʻlavermaydi. Bunda irsiyat, nerv va endokrin sistemalar ahvoli muhim ahamiyatga ega, chunki kasalikka asosan bu sistemalar funksiyasining buzilishi, ogʻir ruhiy kechinmalar sabab boʻladi. Allergiyaning oldini olish sensibillovchi taʼsirga ega boʻlgan moddalarning organizmga takror kirishiga va organizm himoya reaksiyalarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrishdan iborat.


Lotin alifbosida maqola: ALLERGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
BERUNIY
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
AMIR TEMUR
BIOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты