ABDREIMOV

ABDREIMOV Quatboy (1937.24.5, Qoraqalpogʻiston, Taxtakoʻpir tumani) — qoraqalpoq aktyori va rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Toshkent davlat sanʼat in-tini tugatgan (1963). Qoraqalpoq televideniyesida rej. (196368), bosh rej. (1968-71), Qoraqalpoq teatrida direktor va bosh rej. (197379), 1979-y. dan rej. Sahnalashtirgan asarlari: «Otello» (U. Shekspir, Otello rolini oʻzi ijro etgan), «Momo yer» (Ch. Aytmatov), «Abu Rayhon Beruniy» (T. Seytjanov), «Berdaq» (J. Oymurzayev), «Bilmayin bosdim tikonni» (I. Sulton), «Temir xotin (Sh. Boshbekov),«Ernazar olakoʻz» (A. Oʻtaliyev) va b. A. birinchi qoraqalpoq kino aktyori. «Oʻzbekfilm va «Qozoqfilm» kinostudiyalarida ishlangan 20 dan ortiq filmlarda suratga tushgan : Alijon («Hamza»), Ergash («Otalar vasiyati»), Valijon («Afsonadagi qiz»), Zaripboy («Boʻysunmas») va b. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofotining laureati (1973). «Elyurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).


Lotin alifbosida maqola: ABDREIMOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
KINO SANʼATI
BERUNIY
QORAQALPOGʻISTON
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты