ABDURASHIDOV Abdulaxad Abdulxamidovich

ABDURASHIDOV Abdulaxad Abdulxamidovich (1956.11.6, Margʻilon) — sozanda (naychi). Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Fargʻona davlat musiqa bilim yurti (1975) va Toshkent davlat konservatoriyasi (1981) ni tugatgan. Margʻilondagi «Doʻstlik» bolalar ansamblida badiiy rahbar (1983—90), Oʻzteleradiokompaniyasining «Maqom» ansamblida sozanda (1990-y. dan). Repertuaridan mumtoz va xalq cholgʻu kuylari («Choʻli Iroq», «Yovvoyi Chorgoh», «Qalandar», eroncha «Shoda-shoda» va b.), oʻzbek ashula va katta ashulalarning cholgʻu yoʻllari («Figʻon», «Hanuz», «Ey, sabo», «Bir kelsun» va b.) oʻrin olgan. Ijro uslubiga badihagoʻylik, musiqiyifodaviy vositalarning yorqinligi, shu jumladan noziq nolalardan mohirona foydalanish xosdir. Bastakor sifatida «Nay nolasi», «Nigohing» kabi kuylarni, «Fargʻona ekan doʻstlar», «Margʻilon atlaslari», «Paydo boʻlibdi» va b. ashulalarni yaratgan.


Lotin alifbosida maqola: ABDURASHIDOV Abdulaxad Abdulxamidovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
RAJABIYLAR
MUSIQA
IROQ
XALQ IJODI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты