AGROKIMYO XIZMATI

AGROKIMYO XIZMATI — dehqonchilik va chorvachilikda oʻgʻitlar va b. kimyoviy vositalardan samarali hamda oqilona foydalanish boʻyicha q. x. ga agrokimyo xizmati koʻrsatishning ilmiy-i. ch. tizimi. Oʻzbekistonda Agrokimyo xizmati MTSlarda agrokimyo lab. lari tashkil etilishi (1931) bilan boshlangan. MTS lar tugatilganidan keyin (1958) Agrokimyo xizmati tuman q. x. inspeksiyalari, keyinchalik q. x. ishlab chiqarish boshqarmalari ixtiyoridagi agrokimyo lab. lari orqali olib borildi. Keyinchalik yagona davlat A. x. tizimi tashkil etildi. 1992-y. dan Oʻzbekistonda Agrokimyo xizmati koʻrsatish boʻyicha respublika i. ch. ilmiy birlashmasi («Oʻzqishloqkimyo») mustaqil ish boshladi (1994-y. dan «Uzagrokimyoservis» davlat-aksiyadorlik uyushmasi). Respublikada 1997-y. dan q. x. ga mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, oʻsish stimulyatorlari, meliorantlar, mineral ozuqalar yetkazib berish bilan bogʻliq xizmatlarni «Oʻzkimyosanoat» uyushmasi tarkibidagi «Oʻzagrokimyotaʼminot» davlat-aksiyadorlik birlashmasi bajaradi. Oʻsimliklar kasalliklari va zararkunandalarini kuzatish, oʻrganish va protnozlash, oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha aholiga va q. x. korxonalariga xizmat koʻrsatish, chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarini Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar markazi amalga oshiradi.


Lotin alifbosida maqola: AGROKIMYO XIZMATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISH
ROSSIYA
KIMYO SANOATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты