ANALITIK KIMYO

ANALITIK KIMYO — moddalar tarkibini aniqlash usullari haqidagi fan. U sifat analizi va miqdoriy analizga boʻlinadi. Analitik kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi turli i. ch. sohalarining paydo boʻlishi va taraqqiy etishi bilan bogʻliq. Miqdoriy analiz rudalar va tayyor mahsulotlar tarkibidagi oltin, kumush va b. Metallarning miqdorini aniqlashdan iborat boʻlgan edi; keyinroq borib, u ilmiy asosda yoʻlga qoʻyildi. Hoz. zamon kimyosining tugʻilish davri (17-a. oʻrtasi — 18-a. oxiri)da Analitik kimyo moddalarning kimyoviy tarkibini oʻrganadigan fan deb hisoblanardi. 17-a. oʻrtalarida R. Boyl suvli eritmalardagi anorganik moddalarning miqdoriy analiziga asos soldi. 19-a. boshida J. Gey-Lyussak hajmiy analizni, oʻsha asrning oʻrtasida esa R. Bunzen va R. Kirxgof spektral analiz asoslarini ishlab chiqishdi va h. k. 20-a. da Analitik kimyoga fizik va fizik-kimyoviy usullar (mas, kolorimetriya, rentgen, lyuminessensiya, elektron mikroskopiya, elektr analiz usullari va b.) tobora koʻproq joriy etildi. Shu bilan bir vaqtda Analitik kimyo amaliy maqsadlarda keng qoʻllanila boshladi. Tekshirish obyektiga koʻra A. k. ni anorganik moddalar analizi va organik moddalar analiziga boʻlish rasm boʻlgan. Anorganik moddalarning sifat analizida eritmadagi ionlarni topish uchun, odatda, yaxshi seziladigan har xil (rang hosil boʻlishi yoki eritma rangining keskin oʻzgarishi, gaz ajralib chiqishi kabi jarayonlar bilan boradigan) reaksiyalardan foydalaniladi. Organik moddalarning sifat analizida esa max-sus usullar qoʻllaniladi (q. Elementar analiz, funksional analiz). Oddiy modda yoki biror birikmadagi elementning miqdorini aniqlashda uning biror fizik xossasi (mas, ogʻirligi, hajmi, zichligi, nur sindirish koʻrsatkichi, elektr oʻtkazuvchanligi, sirt tarangligi va h. k.) oʻlchanadi. Element yoki moddalar miqdori va oʻlchanadigan fizik xossalar oʻrtasida analitik yoki grafik ifodalangan maʼlum funksional bogʻliqlik boʻlishi kerak. Vazniy analiz va titrlash usullari modda miqdori bilan uning ogʻirligi yoki hajmi orasida toʻgʻri proporsional bogʻliqlik saqlanishiga asoslanadi. Spektral usullarda (q. Spektral analiz) element miqdori bilan analitik spektr chiziqlarining ravshanlik darajasi oʻrtasidagi proporsional bogʻliqlikka maʼlum chegarada rioya qilinadi. Fotometrik analizda esa moddaning konsentratsiyasi bilan noʻrning yutilishi oʻrtasidagi proporsional bogʻliqlik eʼtiborga olinadi. Element (modda) miqdorini oʻlchashdan avval, odatda, u boyitiladi va aniqlanadigan element qulay birikma holida ajratib olinadi. Koʻpchilik usullar selektiv va sezgir boʻlmaganligi uchun moddalarning miqdorini oʻlchashda ularni guruhlarga boʻlib, ayrim elementlarni choʻktirib, haydab, ekstraksiyalab ajratish katta ahamiyatga ega. Birga boʻladigan koʻpchilik ionlarning choʻkishiga va ekstraksiyalanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ularni barqaror kompleks ionlarga aylantirish mumkin. Aniqlanadigan elementni eritmadan elektroliz qilib erkin holda yoki oksid holida ajratib olsa boʻladi. Maʼlum sharoitni tanlab, bir xil elementlarni elektrodda choʻktirib, boshqalarini esa eritmada qol-dirishga erishiladi. Koʻpchilik metallarning oz miqdorini ajratib olish uchun ichki elektroliz usuli qoʻllaniladi. Eng qulay ajratish usullaridan biri xromatografiya hisoblanadi. Organik analizda elementlar miqdorini aniqlash uchun modda avval SO2, N2O, N2, NH3 va h. k. gacha parchalanadi. Keyinchalik ularning miqdori anorganik analiz usullarida aniqlanadi. Miqdoriy elementar analiz birikmaning brutto-formulasini aniqlash imkoniyatini beradi. Organik birikmalarning struktura formulasini aniqlash uchun funksional analiz oʻtkaziladi. Unda har qaysi funksional guruh uchun tavsifli reaksiyalardan foydalaniladi. Tabiat va sanoat obyektlaridagi elementlarning nihoyatda oz miqdorini aniqlash zarur boʻlgani uchun analitik usullar (mikrokimyoviy, ultramikrokimyoviy va yarimmikrokimyoviy usullar)ning sezgirligini oshirish yoʻlida i. t. ishlari olib borilmoqda. Oʻzbekistonda Analitik kimyo k-. ni rivojlantirishga Sh. T. Tolipov, N. A. Parpiyev va b. olimlar katta hissa qoʻshdilar. Ad: Mirkomilov a M., Analitik kimyo, T., 1996.

Nusrat Parpiyev.


Lotin alifbosida maqola: ANALITIK KIMYO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
YER
XITOY
YAPONIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты