ANILIN

ANILIN (aminobenzol, amidobenzol, fenilamin) , C6HSNH2 — aromatik aminlarning eng oddiysi. Mol. m. 93,2. Rangsiz, suvda oz (100 g suvda 20° da 3,4 g) eriydi, oʻziga xos yomon hidli suyuqlik; suyuqlanish t-rasi — 6,15°, qaynash t-rasi 184,4°, 20° da zichligi 1027 kg/m3. Etil spirt, efir va benzolda yaxshi eriydi Anilin bugʻi juda zaharli. Anilinni birinchi marta 1826-y. da O. Unferdorben indigoni ohak bilan birga havosiz qizdirish yoʻli b-n olgan va «kristallin» deb atagan. 1841-y. da Yu. F. Frisshe indigoga oʻyuvchi ishqor taʼsir ettirib olgan moddani Anilin deb nomlagan.

1842-y. da esa N. N. Zinin nitrobenzolni (NH4)2 SO3 taʼsirida qaytarish reaksiyasi orqali Anilinni sintez qildi va uni «benzidom» deb nomladi. Bu usul sanoatda keng miqyosda tatbiq etildi.

1843-y. da yuqorida koʻrsatib oʻtilgan usullar yordamida olingan barcha moddalarning bir xil birikma ekanligini isbotladi va shu bilan anilin boʻyoqlar sanoatiga asos solindi. Anilin kuchsiz asos xossali boʻlib, unga tegishli re-aksiyalar orasida diazotlash reaksiyasi, yaʼni nitrit kislota bilan boʻladigan reaksiya katta ahamiyatga ega, chunki bunda olinadygan diazobirikmalar koʻpchilik organik boʻyoqlarni sintez qilishda ishlatiladi. Anilin oksidlansa qora Anilin va emeraldin degan boʻyoklar hosil boʻladi. Anilin farmatsevtika moddalari, plastmassalar olishda ham ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: ANILIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
YER
XITOY
FIZIKA
KALSIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты