ASADULLAXOʻJAYEV Ubaydullaxoʻja (ayrim manbalarda Xoʻjayev Ubaydulla) (1878, Toshkent — 1937) — jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yirik vakili, oʻzbek matbuotining ilk tashkilotchilaridan biri. Toshkentdagi rus-tuzem maktabini bitirgach, mahkamalardan birida tilmoch boʻlib ishladi (1897). Rossiyaning Saratov shahridagi huquqshunoslik in-tida oʻqidi (1908—12). Talabalik yillaridayoq davr muammolarini yechishni oʻyladi, rus yozuvchisi L. N. Tolstoy b-n yozishmalar qildi (1909). Oʻqishni tugatgach, dastlab Saratov, 1913-yilda Toshkent okrug sudida xususiy advokat boʻlib ishladi. Chor hukumati maʼmurlarining poraxoʻrligi va zolimligini fosh etib, ayrimlarini davlat ishidan chetlatishga erishdi. Jadidchilik harakatiga qoʻshilib, tez orada uning yirik vakillaridan biriga aylandi.
«Umid» deb ataluvchi ilgʻor musulmon guruhiga yetakchilik qildi (1913). «Turon» jamiyatining asoschilaridan biri (1913). U mustaqil firqa tashkil qilish niyatida Toshkentda «Sadoi Turkiston» gaz. ini tashkil etib (1914.4.4), unga muharrirlik qildi. Gaz. ishiga oʻsha davr maʼrifat dargʻalari — Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Muzaffarov singarilarni jalb etdi. U gaz. da turli mavzularda dolzarb maqolalar bilan chiqib, chorizmning mustamlakachilik siyosatini fosh qildi. Turkistonga tarqalib, umummilliy matbuot nashriga aylanayotgan «Sadoi Turkiston» 1915-y. apr. da yopib qoʻyilgan boʻlsada, u oʻlka ziyolilarining «Taraqqiyparvarlar» firqasiga zamin tayyorladi. A. Toshkentda tuzilib, mardikorlikka olish ishi bilan shugʻullangan «Turkiston mardikorlikka olish qoʻmitasi»ning raisi (1916). Qoʻmita chor amaldorlarining oʻzboshimchaliklarini ochib tashladi. Mardikorlikka joʻnatish haqidagi oq podsho farmoni (1916-y. 25 iyun)ni bekor qildirish uchun Asadullaxoʻjayev mahalliy millatparvar boy Mirkomil Mirmoʻminboyev bilan birga Peterburgga bordi.
Davlat dumasining 1916-y. dek. dagi majlisida farmon Rossiya imperiyasining qonunchiligida koʻrsatilgan hollarga zid ravishda qabul qilingani isbotlab berildi.
Asadullaxoʻjayev 1917-y. Turkistondagi siyosiy jarayonlarda faol qatnashdi. «Shoʻroi islom» jamiyati raisi. Butun Turkiston musulmonlari I-syezdida tashkil qilingan Turkiston oʻlka musulmonlari markaziy kengashi kotibi va aʼzolaridan biri (1917-y. apr.). Butun Rossiya musulmonlar kengashi MK aʼzosi (1917). Muxtoriyatchilik harakati tashabbuskorlaridan. Turkiston muxtoriyati hukumatining harbiy ishlar vaziri (1917-y. noyab. — 1918-y. fev.). Hukumat topshirigʻi bilan Kavkazga bordi va Turkistonga gʻalla keltirish masalasini hal qildi. Istiqlolchilik harakatiga xayrixohlik bilan qaragani, mustamlakachilikka qarshi kurashgani uchun «millatchilik»da ayblanib qatagʻonga uchragan. Bir necha marta qamalib, turmada halok boʻldi.
Ad.: Mustafo Choʻqay oʻgʻli. Istiqlol jallodlari, T., 1992; Turkiston mustaqilligi va birligi uchun kurash sahifalaridan, T., 1996; Oʻzbekiston tarixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar, T., 1998; Pidayev T., Matbuot—millat chirogʻi, T., 1999.
ACAKA (1937 – 1991-y. larda Leninsk) — Andijon viloyatidagi shahar (1937-y. dan). Asaka tumanining maʼmuriy markazi. Andijon — Toshkent t. y. dagi Asaka st-yasidan 4 km. Margʻilon, Fargʻona va Andijonga boradigan avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. Asadullaxoʻjayevdan Andijon sh. gacha 16 km. Shahar adirlar yoqalab oqayotgan Shahrixonsoy sohilida, dengiz sathidan 495 m balandlikda joylashgan. Uning yon atrofini paxta dalalari, yon-bagʻirlarini bogʻlardan iborat adirlar oʻrab turadi. Iyulning oʻrtacha t-rasi 26, G, yanv. niki — 2,9°. Viloyatning Andijondan keyingi yirik industrial shahri. Aholisi 52,8 ming kishi (2000).
Shahar nomining kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar (prof. T. Shirinov) «Asaka» nomini Fargʻonada mil. av. 6—5-a. larda yashagan sak kabilalari bilan bogʻlaydi. Chunki bu qabila baʼzi joylarda «assakenlar» nomi bilan ham yuritilgan. Ularda «asvaka» — ot, «as-saka» — otliqlar maʼnosini bildirgan. Arxeolog B. Matboboyev yuqoridagi fikrni vodiyning sharqiy qismida topilgan toshlardagi otlar tasviri bilan asoslashga harakat qilgan va shu joylarda nasldor otlar yetishtirilgan degan fikrni ilgari surgan. Toponomist olim S. Qorayev Asaka tumanidagi «Axtachi» qishlogʻi nomi moʻgʻulcha boʻlib, ot tabibi (sinchi), otboqar degan maʼnoni bildirishini taʼkidlab, yuqoridagi mulohazalarni birmuncha tasdiqlaydi. Shularga asoslanib Asadullaxoʻjayev shahrining 60 yilligi (1997) munosabati bilan katta yoʻl yoqasidan shaharga kiraverishdagi maydonda tulpor otning ramziy haykalchasi qoʻyildi.
Asadullaxoʻjayev shahrining qad. davr tarixi bilan bogʻliq arxeologik tadqiqotlar olib borilmagan. Umuman Asadullaxoʻjayevning qad. tarixi Fargʻona vodiysining Axsi, Quva, Andijon kabi qad. shaharlari atrofidagi qishloqlari tarixi bilan bevosita bogʻliq.
Asadullaxoʻjayev 19-a. tarixchisi Avaz Muhammad Attorning «Tarixi jahonnoma» va «Tarixi Xoʻqand» asarlarida tilga olingan. Uning yozishicha, Asadullaxoʻjayev shahri hududida Xudoyorxon qalʼa qurdirgan va bu yerda xonning dala hovlisi ham boʻlgan. 18a. oxirida qurilgan Shahrixonsoy kanali shaharning rivojlanishida katta ahamiyatga ega boʻldi. 1899-y. Toshkent — Andijon t. y. qurilishi munosabati bilan Asadullaxoʻjayevga uz. 4 km li t. y. shoxobchasi oʻtkazildi. Shundan soʻng Asadullaxoʻjayevda yevropalik, xususan rus va mahalliy boylar sanoat korxonalarini qura boshladilar. 20-a. boshlarida Asadullaxoʻjayevda 2 ming kishi yashagan. Paxta tozalash va yogʻ z-dlari boʻlgan. Aholining asosiy qismi mayda hunarmandchilik bilan shugʻullangan.
1946-y. da motor taʼmirlash z-di qurib bitkaziddi. Yogʻ-moy z-dida issiqlik elektr markazi ishga tushdi. Urushdan keyingi yillarda Asadullaxoʻjayev yaqinidagi Andijon va Polvontosh neft konlari, Xoʻjaobod gaz koni munosabati bilan Asadullaxoʻjayev shahar sanoat korxonalari salmogʻi ortdi. Yuqoridagi konlarni maxsus uskuna va texnika jihozlari bilan taʼminlovchi omborxonalar qurildi. Polvontosh — Asaka gaz kuvuri yotqizildi (1947). 60-y. dan shahar sanoa-ti korxonalari q. x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslasha boshladi. 70 —90y. larda toʻqimachilik korxonasi (hoz. «Asakatoʻqimachi» aksiyadorlik jamiyati), paxta tozalash z-dlari, elektrotexnika, avtomobil tuzatish korxonalari qurildi.
1994-y. noyabrda «OʻzDEUavto» qoʻshma korxonasi inshootlari qurilishi boshlanib, korxona 2 yilda ishga tushirildi: 1996-y. 19-iyulda z-dning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov, DEU korporatsiyasining Prezidenti kim U Jung janoblari tashrif buyurdilar. Korxonadan jahon bozori talablariga javob bera oladigan, yoqilgʻini kam sarflaydigan ixcham, chiroyli, qulay boʻlgan «Damas», «Tiko», «Neksiya» avtomobillari chiqarila boshladi (q. Avtomobil, Asaka avtomobil zavodi). «OʻzDEUavto» qoʻshma korxonasining salmogʻi Asaka sh. sanoat korxonalari mahsulotlarining 92,3% ga, Andijon viloyat sanoat korxonalari mahsulotlarining 55,2% ga toʻgʻri keladi. Bundan tashqari shaharda «OʻzDEUavto» qoʻshma korxonasi uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi «OʻzDong-Vong» qoʻshma korxonasi, «Anzis» z-di, shuningdek Italiya bilan hamkorliqda makaron ishlab chiqaruvchi «FAM» qoʻshma korxonasi bor. Asadullaxoʻjayevda hammasi boʻlib 12 yirik sanoat korxonasi ishlaydi; 510 dan ziyod kichik va oʻrta biznes bilan shugʻullanuvchi xususiy firma faoliyat koʻrsatadi (2000).
Asadullaxoʻjayev sanoati rivojlanishi bilan birga har jihatdan qayta qurilmoqda: yangi koʻchalar ochilmoqda, yoʻllar qurilmoqaa. Xonobod—Asaka suv quvuri yotqizildi. Shaharda Toshkanboy Egamberdiyev nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi bor. Bogʻning eng toʻrida Asadullaxoʻjayevda yashab oʻtgan avliyolardan Xoja Abdulloh Tugʻdor qabri oʻrnida maqbara qurildi. Bu joy ziyoratgoh, muqaddas maskan hisoblanadi. Ziyoratgoh yaqinida Shahrixonsoyning bosh toʻgʻoni joylashgan. Shu yerdan Oxunboboyev soyiga, Asaka tashlamasi kanali va bir necha ariqlarga suv taqsimlanadi.
Asadullaxoʻjayevda 2000-y. da maishiy xizmat kasbhunar kolleji qurilib ishga tushdi. 1999/2000 oʻquv yilida 10 umumiy taʼlim maktabi, gimnaziya, akademik litsey, kollejda 12 mingdan ortiq oʻquvchi oʻqidi; 22 bolalar bogʻcha va yaslilari, 4 kasalxona, salomatlik markazi, poliklinika va ambulatoriya ishladi. Shaharda 2 kinoteatr, madaniyat uyi, 2 klub, 15 kutubxona, 3 stadion bor. 16 fuqarolar yigʻini tashkil etilgan (2000). Asaka — Andijon, Asaka — Fargʻona yoʻnalishida avtobus qatnaydi. «Asaka oqshomi» shahar gaz. chiqadi.
Asaka teatri — 1932-y. havaskor yoshlarning «Koʻk koʻylak» truppasi asosida tashkil etilgan. 1935—39 y. lar viloyat musiqali drama teatri deb nomlangan. Teatr jamoasi turli davrlarda ishlagan sanʼatkorlar: Zulunbek Mamadaliyev (rejissyor), Gʻanijon Toshmatov, Yusufjon Dadajonov, Qahramon Yoʻlchiyev, Gʻulomjon Roʻziboyev (musiqa rahbarlari), Mamanurqori Dolixoʻjayev, Abduraim Matkarimov, Halimaxon Dadajonova (aktyorlar), Tursunxon Akbarova, Oyshaxon Usmonova, Habibaxon Oxunova, Tursunboy Yusupov (xonandalar), Shirmonxon Gʻoziyeva, Oydin Akbarova (raqqosalar) va b. Repertuarlarida «Halima», «Nurxon», «Gulsara», «Farhod va Shirin» kabi mumtoz sahna asarlari bor edi. 1939-y. teatr jamoasi tarqatib yuborildi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda yana shakllandi va «Neftchilar» klubida faoliyat koʻrsatdi. 1959-y. da teatr «xalq teatri»ga aylantirildi.
Ad.: Rahmonov Sobirjon, Asaka, T., 1999.
Oʻtkirbek Sulaymonov.