ASO-MUSO

ASO-MUSO, hassa-muso (Abelia corymbosa) — shilvidoshlar oilasining abeliya turkumiga mansub sershox va serbarg buta. Tanasining poʻsti kulrang, titilgan, baʼzan tanadan qisman ajralgan. Poyasi olti qirrali. Barglari qisqa bandli, ellipssimon (1,5 — 6 sm), cheti tekis, baʼzilari kungurador. Gullari bir nechtadan (koʻpincha uchtadan) boʻlib, toʻpgulga yigʻilgan; kosacha qaytaqisi (5 — 8 mm kenglikda) toʻrt (baʼzan uch) boʻlakli; toj-bargi oqish, 10—15 mm uzunlikda, changchilari toʻrttadan boʻlib toj naychasining ichida joylashgan; urugʻchisi bitta, urugʻchi ustunchasi naychadan bir oz chiqib turadi. Mevasi bir oz choʻziq va yapaloq (5 — 8 mm uzunlikda), tukli, faqat Oʻrta Osiyo (Tyanshan togʻlari) uchun xos endemik oʻsimlik. A. Kirgʻiztov, Talas, Sharqiy Chatqol, Susamir va Fargʻona togʻlari (Moylisoy, Arslonbob)ning yongʻoqzor va archazorlarida uchraydi. Yogʻochi qattiq boʻlganidan juda qadrlanadi.


Lotin alifbosida maqola: ASO-MUSO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OSIYO
ABELIYA
TYANOʻPAN
TALAS VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты