AXALTAKA OT ZOTI

AXALTAKA OT ZOTI — salt miniladigan qad. ot zotlaridan biri. Xalq seleksiyasida Jan. Turkmanistondagi Axaltaka voxasida yashagan turkmanlarning taka qabilasi yetishtirgan. Axaltaka ot zoti quruq issiq iqlimga moslashgani, nihoyatda chopqirligi bilan ajralib turadi (poygada 1000 m masofani 1 min. 05 sek. da bosib oʻtadi). Axaltaka ot zotining toʻshi tor, sagʻrisi ixcham va choʻzinchoq, oyoqlari nozik, chiroyli, terisi yupqa va taqir. Tusi aksariyat hollarda toʻriq, koʻk va saman tusda boʻladi. Sof zot otlar ichida oʻzining koʻrkamligi va harakatchanligi b-n ajralib turadi. Aygʻirlarining qarchigʻayigacha balandligi 157 sm (ayrim hollarda 160 — 165 sm), koʻkrak qafasi aylanasi 167 sm, toʻpigʻi aylanasi 19 sm. Asosan Turkmaniston va Qozogʻistonda, Rossiya, GFR, AQSHda boqiladi. Axaltaka ot zoti ishtirokida koʻpgina chopqir ot zotlari chiqarilgan.


Lotin alifbosida maqola: AXALTAKA OT ZOTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
YOVMUT OTI
IQLIMGA MOSLASHISH
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты