AXLOQ

AXLOQ — kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga boʻlgan munosabatlarida namoyon boʻladigan xattiharakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda Axloq talablarini bajarish-bajarmaslik maʼnaviy taʼsir koʻrsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni maʼqullash yoki qoralash) bilan belgilanadi. Axloqni etika fani oʻrganadi.

Insoniyat taraqqiyotida Axloq muhim oʻrin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni Axloq iy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, maʼnaviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri, deb qarashgan. Inson Axloq iy, umuman maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan — johillik, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka oʻtarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi. Ikki muqobil ibtido — yovuzlik va ezgulik, jaholat va kamolatning oʻzaro kurashi inson va jamiyat taraqqiyotini belgilagan, inson aql-zakovat sohibi sifatida oʻzini anglashiga olib kelgan. Bu ikki mukrbil kuch kurashi jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarda ifodalansa, insonga nisbatan uning ichki olamiga xos nafs bilan qalb, aql bilan aqlsizlik oʻrtasidagi kurashda ifodalanadi. Axloq muayyan jamiyat va davrda oʻzgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, soʻnishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning oʻziga xos Axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy Axloq meʼyorlari ham bor. Bunday Axloq meʼyorlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga samarali taʼsir koʻrsatadi.

Axloqning shakllanishida va uning ijtimoiy oʻrnida dinning ahamiyati katta. Dinning asosiy maqsadlaridan biri, insonga yomonlikning zararlarini bayon qilish hamda yomon yoʻlga kirib ketganlarni toʻgʻri yoʻlga daʼvat etishdir. Dinlarda toʻgʻri yoʻlga chorlash, umuman yaxshilik va yomonlik tushunchasi turlicha boʻlishi, hatto bir-biriga zid kelishi mumkin. Zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda bilan yomonlik va yovuzlik xudosi Anxramaynu oʻrtasidagi kurash abadiy davom etadi, Axloq bu kurashning ifodasidir, degan gʻoya ilgari suriladi. Xristianlik, yahudiylik va b. dinlarda ham yaxshilik va yomonlikning oʻz ifodasi bor.

Islomda, uning muqaddas kitobi Qurʼoni Karimda Axloq masalasiga alohida eʼtibor berilgan. Qurʼoni Karim bajarishga buyurgan yaxshi xulqlarga insonlar amal qilishsa, oʻzlari uchun katta baxtga sazovor boʻladilar. Qurʼoni Karimda toʻgʻri yoʻlga yurishlik istiqomat (oʻzini oʻzi isloh qilish) tushunchasida ifodalangan. Qurʼonda istiqomatda boʻlganlarga, yaʼni oʻz-oʻzini isloh qilganlarga katta vaʼdalar berilgan: «kim bunday jabru zulmidan keyin tavba qilib, oʻzini tuzatsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qilar» («Moida» surasi, 39-oyat). Istiqomat gunoh ishlarni qilib qoʻyganlar uchun qalbini poklash sari umid tugʻdiradi va ularni noumidlikdan qutqarib yangi saodatli hayotga chorlaydi Islomda olijanob Axloqning eng muhim tushunchalari taʼriflanib, insoniyatni ularga amal qilish sari undaladi. Bular — ehson (yaxshilik qilish), kechirimli boʻlish, sabr-qanoat, rostgoʻylik, shirinsoʻzlik, ota-onani, oʻzidan katta yoshlilarni hurmat qilish, or-nomus, sadoqat va b. dir. Ayni vaqtda yomon xulqatvor tushunchalarining mohiyati ham koʻrsatilib, ulardan saqlanishga undaladi. Bular — baxillik, hasad, tama, yolgonchilik, takabburlik (kibru havo), gʻiybat, zino va sh. k. dir. Shu tarzda insoniyatning butun amaliy faoliyati yaxshilik va yomonlik-ka ajratiladi. Musulmonlar bir-birlarini yaxshilik va olijanob Axloqqa chaqirishlari, nojoʻya ishlardan kaytarishlari Alloh tarafidan farz qilingan. Islom A. ining asosida halollik va taqvo yotadi. Kimki jismoniy va maʼnaviy pok, taqvodor boʻlsa, unday kimsa Axloq sizlik yoʻliga kirmaydi.

Islomga amal qiladigan xalqlar Axloqi, baʼzi bir jihatlari bilan farqlansada, shu din tufayli umumiylik bor. Bu umumiylik Sharq A. i degan nom bilan birlashgan. Sharq Axloqi Qurʼon va Hadisdap tashqari juda koʻplab mutafakkirlar, faylasuf, shoirlar asarlarida taʼrifutashviq etilgan. «Qobusnoma», «Axloqi Jaloliy» kabi maxsus kitoblar yozilgan.

Oʻzbekistonda shoʻrolar istibdodi davrida Axloqqa bir tomonlama, yaʼni sinfiylik va partiyaviylik nuqtayi nazaridan yondoshildi. Mamlakatda istiqomat qiluvchi hamma xalqlar uchun bir xil Axloq qoidalari yaratishga harakat qilindi. Shu maqsadda hamma respublikalar uchun bir xil boʻlgan «Etika» darsligi va qoʻllanmalari yaratildi. Bu bilan Ittifoqda yashovchi turli xalqlarning oʻziga xos xulq-odob qoidalari, rasmrusmi, urf-odati inkor qilindi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Axloq muammolariga katta eʼtibor berila boshladi. Kishilararo munosabatda, oʻzaro muomalada unutilib ketgan islomiy qadriyatlar, sharqona xulq-odob qoidalari, urf-odatlar, marosimlar qaytadan rasm boʻla boshladi. Mamlakatimiz xususiy mulkchilikka, bozor iqtisodiga asoslangan jamiyat barpo qilmoqda. Bunday tuzumda aholining turli tabaqa va qatlamlari paydo boʻlishi tabiiy. Ular oʻrtasida qandaydir ziddiyatlar, kelishmovchiliklar boʻlishi mumkin. Ular sharq xalqlariga xos boʻlgan xulq-odob qoidalari va islomiy qadriyatlar yordamida maʼlum da-rajada bartaraf qilinib, umuminsoniy mazmun b-n boyib boradi. Axloq va maʼ-naviyat birbiri bilan uzviy bogʻliq. Barkamol maʼnaviyat barkamol Axloqni shakllantiradi.


Lotin alifbosida maqola: AXLOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ETIKA
BUYUK BRITANIYA
TOSHKENT
YER
FOROBIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты