ASHEL MADANIYATI

ASHEL MADANIYATI — quyi paleolit davri madaniyati. Shu davrga oid tosh choʻqmor, bir yoki ikki tomoni uchirilib, oʻtkir qilingan turli shakddagi chaqmoq toshlardan iborat qurollar dastlab Fransiyaning Amyen sh. yak,inidagi Sent-Ashelda topilgan va bu madaniyat shu joy nomi bilan atalgan. Ashel madaniyati davri odamlari ibtidoiy jamiyat tu-zumining quyi bosqichida gʻorlarda, daryo boʻylaridagi pana yerlarda toʻdalashib yashab, ovchilik b-n hayot kechirgan. Olovdan foydalangan. Ashel madaniyati Gʻarbiy va Sharqiy Yevropada, Kavkaz, Old Osiyo, Afrikada tarqalgan. Oʻrta OsiyodaAsh.-m. ga oid qarorgohlar Jan. Qozogʻistonda (Qoratov), Toshkent viloyati (Koʻlbuloq), Fargʻona vodiysida (Selungur) va b. joylarda uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: ASHEL MADANIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
PALEOLIT
TOSHKENT VILOYATI
OSIYO
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты