BAXTSIZ HODISA

BAXTSIZ HODISA — turli tabiiy ofat, avariya va b. koʻngilsiz hodisalar oqibatida badanga shikast yetish, mayib boʻlish yoki oʻlish hollari. OʻzR qonunlarida korxonalar, qurilish, transport, konlar va b. joylarda xavfsizlik qridalari buzilishiga yoʻl qoʻyib, Baxtsiz hodisa larga sababchi boʻlgan shaxslarga nisbatan tegishli jazo choralari belgilangan. Jum-ladan, radioaktiv materiallar va yadro qurilmalaridan foydapanish qoidalarini buzish, shu materiallarni konunga xilof tarzda ishlatish, tadqiqot ishlarini bajarishda, togʻkon, qurilish yoki portlatish ishlarida xavfsizlik, mehnatni muhofaza etish, yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish hollari, transport qarakati va vositalaridan foydalanish xavfsizligiga zid ra-vishda jinoyatlar sodir etilgani uchun OʻzR JKda tegishli jazo choralari koʻzda tutilgan. Jumladan, xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishga oid boshqa qoidalarning ular ijrosi uchun masʼul shaxslar tomonidan buzylishi oʻrtacha ogʻir yoki tan jarohati yetkazilishiga sabab boʻlsa, eng kam ish haqining 25 baravaridan 50 ba-ravarigacha miqdorda jarima yoki 5 y. gacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 3 y. gacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 y. gacha ozodlikdan mahrum qilish b-n, oʻsha qilmish odam oʻlishiga va b. ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, muayyan huquqdan va 5 y. gacha ozodlikdan mahrum kilish bilan jazolanadi (257-modda). Transport vositasidan foydalanish uchun masʼul shaxsning Mast holatda yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki aql-idrokka taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlgan shaxsning transport vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻyishi badanga ogʻir shikast yetkazilishiga yoxud odam oʻlishiga sabab boʻlsa, oʻsha masʼul shaxs eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima toʻlaydi yoki 3 y. gacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan va 3 y. gacha ozodlikdan mahrum qilinadi (261-modda). Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi koidalarining transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan buzilishi badanga oʻrtacha yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 y. gacha axloq tuzatish ishlari b-n, oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, muayyan huquqdan va 7 y. gacha ozodlikdan mahrum qilish b-n, oʻsha qilmish odamlar oʻlimiga, xdlokatga va b. ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, muayyan huqukdan va 10 y. gacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi (266-modda).


Lotin alifbosida maqola: BAXTSIZ HODISA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR
BADANGA SHIKAST YETKAZISH
XOʻJALIK FAOLIYATI SOHASIDAGI JINOYATLAR
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты