BAHROM CHOʻBIN

BAHROM CHOʻBIN (? – 592) – sosoniylar sulolasidan boʻlgan Xusrav I Anushirvon (531 — 579) va Hurmuzd IV (579 – 590) ning sarkardasi. Bahrom Choʻbin 563 — 567-y. lari sharqda eftaliylar va ashina turklari bilan urush olib borgan. 60—70-y. larda Vizantiya bilan olib borilgan urushlarda magʻlubiyatga uchragan. Xusrav I va Hurmuzd IV davrida bir qator maʼmuriy islohotlar oʻtkazilib, badavlat aslzodalarning siyosiy mavqei cheklab qoʻyildi. Bahrom Choʻbin sarkardalikdan chetlatildi. Bahrom Choʻbinning mansabdai chetlatilishi katta qoʻzgʻolonga bahona boʻldi. U qoʻshin toʻplab, mamlakat poytaxti Ktesifonga qarab yurdi (590). Aynan shu vaqtda poytaxtda podshohga qarshi fitna uyushtirilib, Hurmuzd IV oʻddirildi, taxtga uning oʻgʻli Xusrav II Parviz oʻtirdi. Bahrom Choʻbin qoʻzgʻolonni davom ettirib, poytaxtii egʻalladi va oʻzini podshohdeb eʼloi qildi. Xusrav II Vizantiyaga, imperator Mavrikiy huzuriga qochdi va uning yordamida taxtni qayta qoʻlga kiritdi (591). Bahrom Choʻbin turk xo-qoni huzuriga qochib, tez orala oʻsha yerda oʻldirildi.


Lotin alifbosida maqola: BAHROM CHOʻBIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
ROSSIYA
VIZANTIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты