BEZ

BEZ, bezlar (glandulae) — 1) organizmning normal hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan va oʻziga xos maxsus shiralar (sekret) ishlab chiqaradigan hujay-ralar yoki koʻp hujayrali aʼzolar. Bez ishlab chiqaradigan moddalarning fiziologi k ahamiyatidan qagi nazar, hujay-ralardan chiqadigan hamma moddalar «sekret» deb yuritiladi. Koʻpgina Bez (mas, soʻlak, ter bezi, jigar, meʼda B.)ning chiqaruv yoʻli boʻlib, ishlab chiqaradigan sekretini shu yoʻl orqali tana yuzasiga yoki biror aʼzo boʻshligʻiga ajratadi. Huning uchun tashqi sekretsiya bezlari, yaʼni ekzokrin Bez deb ataladi. Baʼzi Bezda chiqaruv yoʻli boʻlmaydi va ular ishlab chiqaradigan sekret bevosita toʻqima suyuqligi, qon yoki limfaga qoʻshilib ketadi. Bunday Bez endokrin, yaʼni ichki sekretsiya B. i deb atalib, ularga gipofiz, buyrak usti Bezi, qalqonsimon Bez kiradi. Aralash Bez (mas, meʼda osti bezi, jinsiy Bez va b.) ham boʻlib, ular sekretining bir qismini maxsus nay orqali biror boʻshliqqa, qolganini esa bevosita konga ajratadi. Bez hujayralaridan ishlanib chiqib, boshqa aʼzolarga va organizm funksiyalariga taʼsir etadigan moddalar inkretlar (yoki gormonlar) deb ataladi. Ekzokrin Bez bir va koʻp hujayrali boʻladi. Bir hujayralisiga ichak va nafas yoʻlining shilliq pardasidagi epiteliy ichida joylashgan qadoqsimon hujayrali Bez, koʻp hujay-ralisiga epiteliydan tashqarida joylashgan soʻlak B., meʼdaichak shillik, pardasidagi Bez va b. kiradi. Bir hujay-rali Bez sekretni epiteliy yuzasiga chiqarib, uni mexanik va kimyoviy shikastdan saqlaydi. Bez ishlab chikaradigan moddalarining kimyoviy tabiatiga qarab seroz (yoki oqsilli) va shilim-shiq (yoki shilliq) Bezga boʻlinadi. Seroz Bez suvda oson eriydigan oqsil — sekret chiqaradi, shilimshiq Bezdan esa mutsin va mukoid moddalar chiqadi. Baʼzi Bezdan ham oqsil, ham shilimshiq sekret chiqadi (aralash Bez), mas, quloq oldidagi va jagʻ ostidagi soʻlak B. Baʼzi Bez (sut B., Yirik ter Bez, yogʻ Bez va h. k.) yogʻlilipoid va steroidli sekret ishlab chiqaradi, bu Bez sekreti suvda erimaydi, hujayralardan tomchi yoki durda shaklida ajralib chiqadi. Buyrak usti Bez larining poʻstloq qavatidan va jinsiy bezlardan ishlanib chiqadigan gormonlar ham steroidlarga kiradi. Sekretning qanday hosil boʻli-shi va epiteliy hujayralaridan tashqariga chiqarilish xususiyatiga qarab Bez merokrin, apokrin va golokrin B. larga boʻlinadi. Endokrin B. muhim aʼzolar boʻlib, ularda ishlangan inkret (gormon) organizmning oʻsishi, voyaga yetishi va moddalar almashinuvi jarayonlarini idora etadi. Bez faoliyati nerv sistemasi hamda gumoral omillar tomonidan boshqariladi;

2) yalligʻlanib kattalashgan limfa tugunlarining xalq oʻrtasida tarqalgan yanglish nomi (q. Limfa sistemasi).

Nosir Ahmedov.


Lotin alifbosida maqola: BEZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYRAK
Tushda jinsiy aloqa korsa nima buladi
ALISHER NAVOIY
BUYRAK USTI BEZLARI
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты