BOTQOQI-OʻTLOQI TUPROQ

BOTQOQI-OʻTLOQI TUPROQ — Oʻzbekistonning sur tuproq mintaqasi va sahro zonasida tarqalgan tuproq. Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Chirchiq, Surxon va b. dare vodiylarida hamda Sux, Isfara, Margilonsoy, Aravonsoy, Oqboʻra kabi soy va kichik daryolarning qayirlaridagi pastqam joylarda, yaʼni yer osti suvi yuza joylashgan qismida uchraydi. Bu pastqamliklar odatda mexanik tarkibi jihatdan ancha ogir yotqiziqlardan iborat. Ularda botqoqi va Utloqi tuproqlarning belgilari mujassamlashgani uchun bu tuproqlarga botqoq tuproqlardan oʻtloqi tuproqlarga oʻtuvchi bosqich deb qaraladi, ikki tuproq tipi oʻrtasi esa yupqa qatlamcha hisoblanadi. Botqoqi-oʻtloqi tuproqning yuqori qavatida oʻtloqi tuproqqa xos chim qatlami mavjud. Bu qatlamda gleyli qatlam paydo boʻlish jarayoni ham kechadi. Bu esa botqoq tuproqning belgisidir. Shu ikki xil jarayonning vujudga kelishida yer osti suvi asosiy rol oʻynaydi. Maye, yer osti suvi yuza joylashgan davrda botqoqi tuproq hosil boʻlish jarayoni, uning sathi pasaygan vaqtda oʻtloqi tuproq hosil bulish jarayoni kechadi. Botqoqi-oʻtloqi tuproq morfologik belgilari jihatidan qatqatligi, yuqori qatlami yaxshi chimlanganligi va chimlichirindili qatlami hamda uning ostida uchraydigan gleyli qavatning mavjudligi bilan ajraladi. Bu tuproq daryo qayirlarida tarqalgan boshqa tuproklarga nisbatan chirindiga boy. Mac, chirindi Chirchiq daryosi buyida tarqalgan Botqoqi-oʻtloqi tuproqning yuqorigi 10 sm li qatlamida 5,5% ga yaqin boʻlgani holda, keyingi 10—20 sm qatlamida, 1,1% va 35—45 sm li qatlamida 0,5% ni tashkil qiladi. Jj. u. t. larning soz oʻtloqi tuproklardan farki ham ana shunda. Botqoqi-oʻtloqi tuproq respublikadagi ekin ekilayotgan tuproklar ichida eng donador va chirindiga boy, serunum hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: BOTQOQI-OʻTLOQI TUPROQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMUDARYO
BUYUK BRITANIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ATMOSFERA
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты