BOSHOGʻRIQOʻT (Achillea santolina L.) — qoqidoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 15—30 sm. Bargi ensiz, patsimon. Guli sariq. Gul savatchalari poya uchida qalqrnsimon murakkab toʻpgul hosil qiladi. May—iyulda gullab, avg. da urugʻi pishadi. Togʻ etaklari, choʻl va adirlarda tarqalgan; ariqlar boʻyida, yoʻllar yaqinida, shuningdek begona oʻt sifatida ekinlar orasida ham oʻsadi. Quritilmagan Boshogʻriqoʻtda 0,056—11% efir moyi boʻlib, bu moy tarkibida 53—56% kamfora, 15 — 20% sinsol, 10—15% apinen, 20% ga yaqin efir va spirt borligi aniqlangan. Poyasi, bargi va gulidan tayyorlanadigan qaynatmadan xalq tabobatida meʼda kasalliklari, sil va bavosirni davolashda, qonni toʻxtatishda foydalaniladi. Boshogʻriqoʻtdan tabiiy kamfora ham olish mumkin.