CHAKIN CHOʻR BILGA — Panch (Pan jikent) hokimi. Uning ismi Mugʻ togʻidan topilgan 8-a. ga taalluqli sugʻdiy xujjatlar orasida uchraydi. Tadqiqotchilar Chakin uning ismi boʻlib, turkiy choʻr unvoniga ega boʻlganligi, Bilga (qad. turkcha «dono») soʻzi esa epiteta (sifat) boʻlganini taʼkidlaydilar. Bu paytda Panjikent Turk xoqonligi tarkibiga kiruvchi Sugʻd konfederatsiyasiga taalluqdi boʻlib, Samarqanddan keyingi oʻrinda turgan. Chakin Choʻr Bilga tomondan zarb kiddirilgan tangalarda «Panch hukmdori podsho Bilga» jumlalari uchraydi. Panjikentda 7-a. ning 1choragida, yaʼni Devashtich hukmronligi davrida chiqarilgan tangalarda «Panch malikasi Nana» shaklida ayol hukmdorning ismi va unvoni aks etgan. Mazkur tangalardagi tamgʻa shakli Chakin Choʻr Bilgaga oid tangalardagi tamgʻa bilan deyarli bir xil. O. I. Smirnova, bu yerda zarb qilingan tangalardagi belgilarga asoslanib, bir asrga yaqin xukm surgan Panjikent hukmdorlari sulolasining kelib chiqishini Sirdaryo (Shosh vohasi) atrofidagi turkiy hokim urugʻlardan birortasi bilan aloqador 3 boʻlsa kerak, deb yozadi.
Ad.: Smirnova O. I., Katalog monet s gorodiщa Pendjikent, M,, 1963; Isʼhoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar (Bir turkum sugʻd xujjatlarining oʻzbek tiliga tarjimasi va izohlari), T., 1992.