CHALA CHOʻL ZONALARI

CHALA CHOʻL ZONALARI — chala choʻl landshafti ustun boʻlgan qurukdiqsagi tabiat zonalari. Shim. va Jan. yarim sharlarning moʻtadil, subtropik va tropik mintaqalarida choʻllar bilan dasht va savannalar orasida joylashgan. Iqlimi quruq. Chala choʻl zonalarining katta qismida havo trasi qishda 0—10°, yozda 25—25° boʻladi. Yogʻingarchilikka (300 mm dan oshmaydi) nisbatan mumkin boʻlgan bugʻlanish 3—6 barobar koʻp; daryo juda kam, odatda mavsumiy. Tuproklari och kashtan, qoʻngʻir, boʻztuproq, chirindisi kam (2— 4%), shoʻrlangan yer koʻp. Oʻsimliklari shuvoq, shoʻralar, chim hosil qiladigan boshoklilar, namgarchilik tanqisligiga moslashgan past boʻyli chala butalardan iborat. Hayvonlardan choʻl, dasht va togʻ oldi faunasi, yaʼni kemiruvchilar (yumronqoziq, qoʻshoyoq, olaxurjun), sudralib yuruvchilar (toshbaqa, ilonlar) va b. lar yashaydi. Chala choʻl zonalarining katta qismidan yaylov chorvachiligida foydalaniladi, koʻp kismi oʻzlashtirilib, gʻalla ekiladigan yerlarga aylantirilgan. Subtropik mintaqalarning Chala choʻl zonalari Eron togʻligi, Gʻarbiy Osiyo, Shim. Afrika, Qoyali togʻlarning yon bagʻirlari, tropik mintaqalarda Sahroi Kabirning jan. da, Tar tekisligida, Atakama choʻlining shim. qismi, shuningdek, tropik mintaqa togʻlarining quyi qismlarida, moʻtadil mintaqada Yevrosiyo materigining ichki qismida — gʻarbda Kaspiy boʻyi pastgekisligidan sharkda Ordos platosining sharqiy chekkasigacha boʻlgan hududlarda joylashgan. Oʻzbekistonda togʻ oddi qirlari va adirlar balandlik Ch. ch. z. mintaqasiga kiradi.


Lotin alifbosida maqola: CHALA CHOʻL ZONALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SHIMOLIY AMERIKA
OSIYO
XITOY
YEVROPA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты