CHARM

CHARM — hayvon terisidan yoki sunʼiy xom ashyodan tayyorlanadigan material. Tabiiy va sunʼiy turlarga ajratiladi. Tabiiy Charm hayvonlar: qoramol, ot, qoʻy, echki, choʻchqa, tuya, bugʻu, kiyik, suv hayvonlari, it, ayrim baliq va b. hayvonlarning terisini oshlab tayyorlanadi. Ishlatilishiga qarab, poyabzal, egarjabduq, texnika, kiyimbosh, attorlik uchun moʻljallangan xillarga ajratiladi. Xom ashyo turi, oshlash, pardozlash, tashqi koʻrinishi, qalinligiga qarab ham xillarga boʻlinadi. Sunʼiy charm polimer xom ashyo materiallardan tayyorlanadi. Sunʼiy Charm tolalardan toʻqilgan yoki notoʻqima matolar sirtiga yumshoq plyonka hosil qiluvchi moddalar (kauchuk, lateks, polivinilxlorid va b.) qoplash natijasida hosil boʻladi. Sunʼiy Charm poyabzal, kiyimkechak, attorlik hamda texnika buyumlari tayyorlash va b. ehtiyojlar uchun tabiiy Charm oʻrnida keng miqyosda ishlatiladi (q. Koʻn, Koʻnpoyabzal sanoati, Koʻnchilik).


Lotin alifbosida maqola: CHARM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KOʻNCHILIK
KAUCHUK
KOʻN-POYABZAL SANOATI
YER
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты