CHARXLASH STANOGI

CHARXLASH STANOGI — kesuvchi asboblarni abraziv (jilvir) olmos doiralar bilan charxlaydigan silliklash guruxiga kiruvchi stanok. Keskichlar, parmalar, koʻp keskichli kesish asboblari, frezalar, zenkerlar, razvyortkalar, disk arralar, metchiklar va b. ni charxlaydigan maxsus Charxlash stanogi keng tarqalgan. Pichoq charxlovchi ustalar foydalanadigan Charxlash stanogining elektr dvigatel yordamida ishlaydigan yoki charxchining oʻzi oyogʻi bilan harakatlantiradigan turlari bor. Bundan tashqari, abraziv doirasiz charxlaydigan anodmexanik, elekgruchqunli va ultratovushli Charxlash stanogi ham ishlatiladi. Charxlash buriluvchi stol yoki keskichni kerakli burchakka burishga imkon beradigan moslama yordamida bajariladi. Lentali yoki diskli arralarni charxlash uchun avtomat usulda ishlaydigan Charxlash stanogidan foydalaniladi. Roʻzgorda dastaki Charxlash stanogidan foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: CHARXLASH STANOGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOKARLIK STANOGI
OLMOS
SILLIQLASH STANOGI
FREZALASH STANOGI
ABRAZIV MATERIALLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты