CHATEM — Tinch okeanning jan. kismidagi 2 ta yirik (Chatem va Pit) va bir guruh mayda vulkan orollari. Yangi Zelandiya hududi. Mayd. 963 km2. Eng baland joyi 291 m (Chatem o. da). Landshafta botqoq, yaylov, chakalakzorlardan iborat. Aholi qoʻychilik bilan shugʻullanadi, baliq ovlanadi. Orollarga yevropaliklardan ilk bor 1791-y. da ingliz dengizchi sayyoxi U. R. Brouton borgan.