CHATQOL TIZMASI

CHATQOL TIZMASI — Gʻarbiy Tyan shandagi togʻ tizmasi. Qirgʻiziston va Oʻzbekiston hududlarida. Fargʻona va Chatqol vodiylarini birbiridan ajratib turadi. Jan. gʻarbdan shim. sharqqa 220 km choʻzilgan. Shim. sharqiy qismida Talas Olatovidan Terekbel dovonining gʻarbrogʻida ajralgan, jan. gʻarbda Chirchiq vodiysida tugaydi. Bal. 3000—3500 m, eng baland joyi 4503 m. Ch. t. da birbiridan daryolar bilan ajralgan bir kancha togʻ massivlari bor. Bulardan yiriklari Surenota, Qizilnura, Uchtosh, Arashon, Sargardon, Qumbel va b. Ch. t. asimmetrik tuzilishga ega. Shim. va shim. gʻarbiy yon bagʻirlari Chatqol daryosi vodiysidan tik koʻtarilgan. Jan. va jan. sharqiy yon bagʻirlari esa kiyaroq. Suvayirgʻich qismida koʻplab tik koʻtarilgan choʻqqilar bor. Yon bagʻirlari zich daryo vodiylari bilan kesilgan, denudatsion yuzalar tarqalgan.

Tektonik jihatdan gersin burmalanishi davrida shakllangan antiklinoriy. Hoz. balandligiga bugungi kunlarda ham davom etayotgan yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan. Chatqol tizmasi, asosan, paleozoy davri choʻkindi, metamorfik, otqindi togʻ jinslari (slanes, ohaktosh, granit, granodiorit, porfir va b.)dan tashkil topgan. Etaklarida paleogen, neogen, toʻrtlamchi davr shagʻal, gil, konglomerat, lyoss katlamlari uchraydi. Suvayirgʻich va unga yondosh qismlarida qad. muzliklar qoldirgan muzlik yotqiziqdari (morenalar) ham tarqalgan. Iqlimi kontinental, kishi sovuq, yozi salqin, sernam. Yiliga 1000 mm dan ziyod yogʻin tushadi (gʻarbiy qismida yogʻingarchilik kamroq). Tuproqoʻsimlik qoplami balandlik mintaqalari boʻyicha togʻdasht mintaqasidan boshlanib, abadiy qorlar bilan qoplangan nival mintaqada tugaydi. Tizmaning etaklarida boʻz tuproqlar tarqalgan. Ularda lola, lolaqizgʻaldoq, rang, qoʻngʻirbosh, oq kavrak, bugʻdoyiq, chalov, betaga, taktak, boʻtakoʻz, butalardan doʻlana, togolcha, achchiqbodom va b. oʻsadi. Yuqoriroq qismlarida qoʻngʻir togʻoʻrmon, kashtan tuproqlarda baland boʻyli oʻtlar, tikanli bodom, doʻlana, zirk, archa, yongʻoq, qoraqaragʻay, zarang, qayin va b. uchraydi. 3000 m balandlikda subalp, alp oʻtloqdari mavjud. TTGuningdek, mushukquyruq, alp lolasi, yovvoyi piyoz, kiziltikan, kavrak va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan qobon, boʻrsiq, olmaxon; tizmaning baland qismlarida kiyik, qor qoploni, silovsin, boʻri, ayiq, tulki va b. ; qushlardan kaklik, kaptar, bulbul, qirgʻiy, lochin, kalxat va b. uchraydi.

Chatqol tizmasi hududida Sarichelak qoʻriqxonasi va UgomChatqol davlat tabiat milliy bogʻi tashkil etilgan. Chatqol tizmasining tabiiy resurslaridan eng muhimlari: qazilma boyliklar, suvenergiya resurslari, shifobaxsh iqlimi, mevali va dorivor oʻsimliklaridir.

Murod Mamatqulov.


Lotin alifbosida maqola: CHATQOL TIZMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TYANOʻPAN
YER
XITOY
TOSHKENT
POMIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты